Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Fransiyada bir sutkada 73 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi — bu yangi antirekord


Fransiyada so‘nggi 24 soat ichida yana 73 mingdan ortiq kishida COVID-19 infeksiyasi qayd etildi. Bu pandemiya boshidan beri yangi antirekord, deyiladi BFMTV xabarida.

“Rojdestvo va Yangi yil oralig‘idagi davrda Fransiya bo‘ylab koronavirusning ‘omikron” shtammi ustunlik qiladi”, — dedi mamlakatning Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Olive Veran.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hukumat kasallanishning bundan-da ko‘proq holatlarini prognoz qilmoqda. “Oy oxirigacha kunlik yuqtirishlar soni 100 mingdan oshib ketadi”, — dedi vazir.Veranning so‘zlariga ko‘ra, “omikron” tez tarqalmoqda — hozirda kasallanish bo‘yicha yangi holatlarning, taxminan, 20 foizini; Parij va uning atrofida esa taxminan 35 foizini mazkur shtamm tashkil qilmoqda.

Bungacha Fransiyada bir sutkada rekord darajada ko‘p odamda virus aniqlangan holat dekabr oyining boshida kuzatilgandi — 59 019 kishi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 8,8 million kishiga yetgan, qariyb 113 ming kishi infeksiya qurboni bo‘lgan, shuningdek, mamlakatda 118 725 069 dozada koronavirusga qarshi vaksina ishlatilgan.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1053 | Рейтинг: 0| Рейтинг: antirekord, Bir, ortiq, Fransiya, Koronavirus, sutkada, kishida, 73 mingdan, aniqlandi, bu yangi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное