Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Qirolicha - Soundterck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Klon-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qaxvaxona - soundtreck
. Jumong-soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Hayotingizni tubdan o‘zgartirib yuboruvchi bir soat

Kunlarning birida noto‘g‘ri yo‘ldan ketayotganingni bilib qolishing kishi uchun judayam qattiq zarba bo‘ladi. Chunki bu yo‘lda qanchadan qancha kuch va vaqt sarflagan bo‘lasizda. Endi barini boshdan boshlamoq kerak. Yoki mutlaqo boshqa yo‘ldan ketish kerak bo‘ladi. Bu yo‘l vaqtingizni tejashi ham mumkin. Yana bir bor xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun, nimadir qilish darkor. Yangi yo‘l qidirish lozim. Va biz bu yo‘lni topdik. Buning sirini bilish uchun bor yo‘g‘i bir soat (!) vaqtingiz ketadi. Bu soat barchasini o‘zgartirib yuboradi.
Yaqinda butun yer yuzi bo‘ylab 12 ming nafar ishchi-xodim o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘ralganlardan 70 foizining aytishicha, ijodiy ish yuritish va strategik fikrlash uchun ularga vaqt yetishmas ekan. The Times tarqatgan xabarga ko‘ra, kuniga 110 marta mobil telefonimizni ko‘zdan kechirar ekanmiz. Bu o‘rtacha hisob, ayrimlarda bu ko‘rsatkich 2-3 marta yuqori. Hatto bir kunda telefonini 900 marta ko‘zdan kechiradiganlar ham topiladi. Tasavvur qiling, qabrtoshimizga: “U elektron pochtasini tekshirgan edi”, deb yozib qo‘yishsa. Kulgili, ammo biz shunga qarab ketyapmiz.
Oddiygina yetti qadam butun hayotingizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ularni hayotingizning mazmun-maqsadiga aylantiring. Bu bor yo‘g‘i bir soat vaqtingizni oladi. Bu ketgan keyingi soatingizni boshqacha qilib yuboradi.
1 qadam
Zamonaviy sivilizatsiyadagi giperfaol va noinsoniy bo‘lgan maromdan tabiiy maromni his etish uchun tabiat bag‘riga chiqing.
2 qadam
Qog‘oz olib shunday deb yozing: “Hayotimda bir hafta qolgan bo‘lganida nima qilardim?”. So‘ngra savolga javob berish uchun 10 daqiqa ajrating.
3 qadam
Endi quyidagicha savol yozing: “Agar umrimdan bir oy qolgan bo‘lsachi?” 10 daqiqa bu savolga ham vaqt ajrating.
4 qadam
Savol yozing: “Yashashimga bor yo‘g‘i bir yil qolgan bo‘lsachi?”. Javob uchun 10 daqiqa ajrating.
5 qadam
Savol yozing: “Yashashim uchun besh yil qolgan bo‘lsachi?”. Javob berishingiz uchun 10 daqiqangiz bor.
6 qadam
Savol yozing: “Yashashim uchun butun bir hayot yo‘li turgan bo‘lsachi?”. Bu savolga javob berishingiz uchun ham 10 daqiqangiz bor.
7 qadam
Va qolgan 10 daqiqangizni bergan javoblaringizni o‘qishga bag‘ishlang va o‘zingizga o‘zing shunday savol bering: “Qanday qilib kelgusi haftamni javoblarim singari rejalasam ekan-a?”
Hozir hayot judayam tez va imkoniyatlarga boy. Uni qiyinlashtirib, barchasini to‘g‘ri bajarayapman, deb o‘ylaymiz. Hayotimizda chalg‘itadigan narsalar shunchalik tiqilib yotibdiki, to‘xtab ularga e’tibor qaratishga bizga vaqt yo‘q. Biz boshqa tanlovni tanlashimiz kerak.
Biz o‘zimizga nima kerakligini aniq bilishimiz kerak. Biz ma’no-mazmunga to‘la hayot qurishimiz lozim.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 8154 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bir, HAYOT, Soat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
samar bek пишет: | 27.09.2016 | 13:00 ( E-mail ) #5 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Rejalar baribir inson rejalawtirganiday bòlavermaydiku bu yerda bowqa masalalar xam bor
Like | 0
@Kamilla@ yes
Like | 0
@Kamilla@ Go'zal fikrlar
Tasanno! Y
Like | 0
snejinka Vaqtni bekor sarflameng digan fikrni tóliq qib yozibtilade
Like | 0
snejinka Demak reja bn iw koring dimoqchide a negizida
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное