Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Qiziqarli

Jeyms Bond soatlari sotuvga chiqariladi

Shveysariyaning soat ishlab chiqaruvchi Omega kompaniyasi josus 007 Jeyms Bond haqidagi filmning 24-qismi – “Spektr”ning ekranlarga chiqarilishi arafasida film bosh qahramoni foydalanadigan Seamaster 300 Spectre soat modelidan 7007 dona ishlab chiqardi.
Soatlar sentyabrdan boshlab firma butiklarida sotuvga chiqariladi.
“Meni hayratlantirgani jihati, bu soat umuman noldan boshlab yasalgan”, deb aytdi josus rolini ijro etgan aktyor Deniel Kreyg.
Agent 007 20 yildan beri Omega Seamaster modeliga sodiq bo‘lib qolmoqda. Birinchi marta bu modeldagi soat bondiananing Pirs Brosnan ijrosidagi “Oltin ko‘z” (1995) filmida paydo bo‘lgan.
8400 OMEGA Master Co-Axial innovasion koaksial kalibrlash mexanizmiga ega Seamaster 300 Spectre soati suv ostida suzish ishqibozlari uchun juda qo‘l keladi: ular aylanuvchi qora rangdagi keramik dayver bezeli bilan jihozlangan. LiquidMetal’dan 12 soatli shkala vaqtni turli vaqt kamarlarida ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Model 5 ta kulrang va qora tasmalarga ega NATO remeshogi bilan jihozlangan. Remeshok taqgichining metall detalida bondiananing logotipi – 007 va to‘pponcha surati o‘yib tushirilgan. Soatning orqa kopqog‘ida modelning 7007 ta nusxasining har birining seriya raqami tushirilgan.
Omega kompaniyasi Lui Brandt tomonidan 1848 yilda Shveysariyaning La-sho-de-Fone shahrida asos solingan. 1965 yilda Omega Speedmaster soati NASA tomonidan “Apollon” dasturi uchun tanlangan, 1969 yilda amerikalik fazogir Bazz Oldrin qo‘lida Oy sirtida bo‘lgan, rus fazogiri Aleksey Leonov bu soatni “Soyuz” va “Apollon” kemalarining ulanishi paytida qo‘lida taqib yurgan. 
Omega 20 martadan ko‘proq marta (1932 yildan boshlab) Olimpiya o‘yinlarining rasmiy xronometristi sifatida chiqqan.


Manba:kun.uz
Категория: Qiziqarli
Просмотров: 5540 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Soat, Jeyms Bond
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное