Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Jeyms Bond haqidagi filmning yangi treyleri chiqdi

Internetda Jeyms Bond haqidagi filmlarning yangi qismi — “007 Spektr” (“Spectre”)ning ikkinchi rasmiy treyleri paydo bo‘ldi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, rejissyor Sem Mendesning mazkur filmida bosh rollarni Deniyel Kreyg va Monika Beluchchi ijro etgan.
“007 Spektr” britaniyalik mohir agent haqidagi 24-film bo‘ladi. Unda Jeyms Bond noma’lum manbadan shifrlangan maktub oladi, bu maktub uni shartli nomi Spectre bo‘lgan yovuz global tashkiloti iziga olib chiqadi.
Filmning jahon premyerasi 2015-yil 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Bondning qaylig‘i rolini italiyalik mashhur aktrisa Monika Beluchchi ijro etgan. Bundan tashqari, “Spektr”da Lea Seyd, Stefani Sigman, Deyv Batist, Reyf Fayns, Endryu Skott, Naomi Xarris va Ben Uishou kabi aktyorlar suratga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, 1962—2012-yillar mobaynida Jeyms Bond haqida 23 ta film suratga olingan bo‘lib, mazkur kartinalar o‘z ijodkorlariga jami 6 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan.




Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3212 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: treyler, chiqdi, Jeyms Bond
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
taqsir Super kino oma
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное