Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

O‘zbekiston OTJ Gonkongni yirik hisobda yutib, chorak finalga chiqdi


O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlari nimchorak finalida Gonkongga qarshi maydonga tushdi.

O‘yin to‘liqligicha vakillarimizning ustunligi ostida o‘tdi. 27-daqiqada Ikrom Aliboyev uzoqdan chiroyli zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxiriga yaqin Gonkong terma jamoasi a’zosi Pui Xong Yu Akrom Komilovga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka bilan jazolandi.

Ikkinchi bo‘limda bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan futbolchilarimiz raqib darvozasini yana ikki bor ishg‘ol qilishdi. 60-daqiqada Javohir Sidiqov, 65-daqiqada Zabihullo O‘rinboyev Gonkong darvozasiga gol kiritishdi. Har ikkala golga Doston Hamdamov assistentlik qildi.

Endi O‘zbekiston OTJ chorak finalda Eron - Janubiy Koreya g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo o‘yinlari, 1/8 final

O‘zbekiston OTJ - Gonkong OTJ 3:0
Gol: Ikrom Aliboyev (27), Javohir Sidiqov (60), Zabihullo O‘rinboyev (65)

O‘zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Abbos Otaxonov, Jaloliddin Masharipov (Bobur Abduxoliqov, 70), Odiljon Xamrobekov, Zabihillo O‘rinboyev (Andrey Sidorov, 80), Javohir Siddiqov (Doniyor Narzullaev, 71), Ikromjon Aliboyev, Dostonbek Hamdamov, Dostonbek Tursunov.

Gonkong OTJ: Xo Chun Yuen, Vang Kit Sui, Xok Ming Lau, Lilley Nunez, Chun Lok Tan, Remi Dujardin, Vai Keng Chung, Ka Vai Lam, Chun Ming Vu, Pui Xong Yu, Tarres Paramo.
Chetlatish: Pui Xong Yu (43).



Manba:zamin.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2704 | Рейтинг: 0| Рейтинг: OTJ, Gonkong, O‘zbekiston, chorak final, chiqdi, yirik hisobda, yutib
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное