Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Gulnora Karimovaning advokatlari Shveysariya sudida yutib chiqdi
Gulnora Karimovaning advokatlari Shveysariya sudida yutib chiqdi
Shveysariya sudi Gulnora Karimova mansabdor shaxs bo‘lmagan, degan xulosaga keldi. Ushbu g‘alaba unga Shveysariyada muzlatilgan 303 mln dollarlik (293 mln frank) mablag‘larini qaytarib olish imkonini berishi mumkin.Shveysariya apellyasiya sudi yirik korrupsiya mojarosi ortidan qamoqqa olingan Gulnora Karimovani davlat amaldori emas, degan qarorga keldi, deya xabar bermoqda Bloomberg nashri.

Bu uning telekommunikatsiya shartnomalari evaziga “pora” olgani haqidagi daʼvolar isbotlanmaganligini anglatadi.

Taʼkidlanishicha, Gulnora Karimova mansabdor shaxs bo‘lmagan ekan, uning pora olish jinoyati bilan ayblanishi noqonuniy hisoblanadi. Ushbu g‘alaba Karimovaga Shveysariyada muzlatilgan 303 mln dollarlik (293 mln frank) mablag‘larini qaytarib olish uchun huquqiy asos yaratishi mumkin.

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova O‘zbekistondagi iqtisodiy jinoyatlari uchun 2015–2020 yillarda uch marta sudlangan. 2020 yil martida unga 13 yil-u 4 oy qamoq jazosi tayinlangan. Qonunchilikka muvofiq, jazo muddati 2015 yil 21 avgustdan boshlab hisoblangan.
2020 yil mayida O‘zbekiston hukumati Fransiyadagi qiymati 10 million dollarga baholangan Karimovaga aloqador aktivlarni qaytarib olgandi. 2020 yilning iyun oyida Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 1,3 milliard dollardan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha Shveysariya, AQSH, Fransiya, Rossiya kabi davlatlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom etayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
2020 sentyabrda esa Shveysariya hukumati 2012 yilda Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan hisobraqamlardagi mablag‘lardan 131 million dollarga teng aktivlarni O‘zbekistonga qaytarishga rozilik bergandi.
2022 yil fevraliga kelibgina Shveysariya va O‘zbekiston muzokaralarida siljish bo‘ldi: tomonlar qaytarilgan mablag‘larning O‘zbekiston xalqi farovonligi uchun ishlatilishini nazorat qilib borish maqsadida BMT shafeligida xalqaro trast fondi tuzishga kelishishgandi. O‘tgan davr mobaynida bu borada qanday ishlar olib borilganligi haqida qo‘shimcha maʼlumotlar berilmadi.
 


Manba:Kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1233 | Рейтинг: 0| Рейтинг: advokatlari, Gulnora Karimovaning, chiqdi, sudida, Shveysariya, yutib
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное