Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Toshkent kinofestivalidagi janjal Turkiyada kun tartibiga chiqdi: Qahramonlar izoh berdi

Toshkent kinofestivalidagi janjal qahramonlari turk OAVga intervyu berdi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestival 18 sentyabr kuni o‘z yakuniga yetgan bo‘lsa-da, tadbirdagi mashmashalarga hamon nuqta qo‘yilmayapti. Endi bu mojaro Turkiya OAV uchun kun mavzusiga aylandi.

Avval xabar berganimizdek, Toshkentda o‘tgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIV xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilgan turk kino kunlariga bag‘ishlangan ijodiy kechada turkiyalik aktyorlar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgandi. Aktrisa Nurgul Yashilchoy va aktyor Burak O‘zchivit sahnadan joy olgan to‘qqiz nafar hamkasblari bilan bir davrada o‘tirishni istamagan. Tadbirning ikkinchi qismida Nurgul Yashilchoy sahnada ko‘rinish berishi ortidan turk aktyori Sardor Ko‘kxon mikrofon orqali bu holatga o‘z noroziligini bildirgan, u ham Nurgul bor sahnada qololmasligini, Nurgul va Burak hamkasblariga hurmatsizlik qilib, ular bilan bir davrada o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmaganini aytgan. Oqibatda tadbir bo‘lingan va bir guruh turk aktyorlari Turkiya elchixonasi vakillari bilan marosimni tark etgan edi.

Bu voqealar turk OAV nazariga tushganidan so‘ng, Turkiyaning TV8 kanalidagi 2-sahifa ko‘rsatuvi boshlovchilari jonli efir vaqtida Sardor Ko‘kxon bilan telefon orqali bog‘langan. Tajribali turk aktyorining javoblaridan u hamon jahl otidan tushmaganini anglash mumkin.

“Biz Turkiya madaniyat sohasi vakillari sifatida borgan tadbirimizda u ikkisi yonimizda o‘tirishni istashmadi. Tashkilotchilar sahnaga barchamizni taklif qilishdi. Bu ikki do‘stimiz esa yonimizga o‘tirishlari kerak edi. Biz esa sahna ortidan “Bormayman, chiqmayman”, degan ovozlarni eshitdik”, degan aktyor.

Ko‘rsatuv boshlovchisining “balki u so‘zlarni boshqa odam aytgandir” degan shubhali savoli Sardor Ko‘kxonni yanada tutaqtirib yuborgan.

“U yerda turkcha gapiradigan yana kim bor edi? Burak bilan Nurguldan boshqa hech kim yo‘q edi. Burak ikki qovog‘ini chimirgani bilan aktyor bo‘lib qolmaydi, u avval aktyorlik kasbini o‘rgansin. Turkiyaning tarixiy filmida rol o‘ynab, qardosh mamlakatga pulga borish bu qanday turklik? Burak pul olganini aniq bilmayman, lekin u tekinga qadam tashlamaydi. Meni u bilan bir tukchalik ishim yo‘q. Oramizda oldin hech narsa bo‘lmagan”, degan aktyor.

Sardor Ko‘kxonning ushbu chiqishidan keyin Nurgul Yashilchoy Istanbul shahrida teatr spektakliga mehmon bo‘lib borgan va turkiyalik muxbirlar aktrisadan Toshkentdagi kinofestival haqida so‘rashgan. Nurgul festival juda chiroyli o‘tgani, o‘zbek xalqi ularni iliq kutib olgani haqida aytib gapini tugatmasidan Sardor Ko‘kxon aytgan so‘zlarga munosabat so‘ralgan.

“Men ular tayyorlagan dasturdan tashqariga chiqmadim. Tashkiliy ishlarda muammo bor edi. Har doim sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar. Men shunday qilishim mumkinmidi? Sardorbey bizning boshimizdagi tojimiz. Kim uni xafa qilsa qarshisida meni ko‘radi”, degan Yashilchoy.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan kechada Burak O‘zchivit bilan sahnaga chiqqan aktyor Alisher Uzoqov ham o‘zining Instagram sahifasida bo‘lib o‘tgan voqealarga video-munosabat bildirgan.

“O‘zi Burak keladi, Burak bilan ko‘rishasiz deyishganidayoq uning xarakteri og‘irligini aytgan edim. O‘sha kechada Burak bilan Nurgul sahnaga chiqishi kerak edi, lekin ular sahnaga chiqmaymiz deyishdi. Mayli balki ularni sahna ortida muammolari bordir, lekin ana shu muammolar sahna ortida qolib ketishi kerak. Nurgul Yashilchoy ham juda osmonda ekan. Bu borada Burakdan ham o‘tib tusharkan. Keyin biz Burak O‘zchivit bilan sahnaga chiqdik. Qanaqa aktyor, qanaqa yulduz bo‘lishdan qat’iy nazar baribir yaxshi inson bo‘lish kerak, o‘zidan kattalarni hurmat qilish kerak. To‘g‘ri ular mashhur aktyor lekin yaxshi inson bo‘lsa, mening ularga hurmatim boshqacha bo‘ladi. Sahnada Burakni yonida qo‘limni cho‘ntagimga tiqib turganimni ham tanqid qilishibdi, bu ularga hali kam. O‘zimizni aktyor-aktrisalarimizni qadriga yetmas ekanmiz bizni qadrimizga hech kim yetmaydi. Ertaga kimdir keladida mana shunaqa ishlar qilib ketaveradi. To‘g‘ri biz ularni darajasida emasdirmiz, lekin ana shu yuqori darajaga chiqishimiz uchun oldin bir-birimizni qadrlashimiz kerak”, deydi u

Eslatib o‘tamiz, turk aktyorlarining Toshkentdagi festivalda ko‘rsatgan xurmacha qiliqlari uchun Turkiya Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Ahmet Misbah Demirjan “tadbirga tashrif buyurgan” tomoshabinlardan rasman uzr so‘ragan edi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2106 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qahramonlar, kinofestival, Toshkent, tartibiga, TURKIYA, izoh, Janjal, chiqdi, berdi, Kun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное