Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Klon-soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Qirolicha - Soundterck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Pazanda - The Sound of Love
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Tanho malagim - Soundtreck
. Soundtreck-Великолепный Век
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Kuz ertagi-soundtreck 2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Yoshlar” telekanalida efir vaqtida Ukraina bayrog‘i xiralashtirildi. Kanal rasmiy izoh berdi
Bugun, 30 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati o‘yinini yoritgan “Yoshlar” telekanalida Ukraina bayrog‘i xiralashtirib qo‘yilgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur vaziyatga telekanal rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati doirasidagi o‘yinlar 26 avgustdan boshlab “Yoshlar” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda. Shu kunga qadar LaLiga'ning 8 ta o‘yini namoyish etildi. Futbol bahslari namoyishi davomida kadrlarga hech qanday qo‘shimcha effektlar qo‘llanilmaydi.

Muhokamalarga sabab bo‘lgan holatga to‘xtalib, telekanal ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat esa “Yangi Davr” informatsion dasturining sport xabarlari blokidan olinganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, bu holat yuzaga kelishi sabablari aniqlashtirilganda, lavhani tayyorlagan montajchi “Real Madrid” jamoasi o‘ynayotgan futbolda Ispaniya bayrog‘i o‘rniga Ukraina bayrog‘i xato qo‘yilgan deb o‘ylab, bu “xatolik”ni o‘zboshimchalik bilan to‘g‘irlamoqchi bo‘lgani va shu maqsadda berkitgani ma’lum bo‘lgan. Bosh muharrir ko‘rik paytida bu holatga e’tibor bermay, lavhani efirga uzatishga ruxsat bergan. Bu bo‘yicha aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

“Yuzaga kelgan vaziyat uchun uzr so‘raymiz va ushbu holatga siyosiy tus bermaslikni iltimos qilamiz.

Futbol namoyishini telekanalimiz orqali kuzatayotgan va kamchiliklarimizga befarq bo‘lmagan barchaga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2621 | Рейтинг: 0| Рейтинг: EFIR, rasmiy, kanal, xiralashtirildi, Yoshlar, vaqtida, telekanal, Ukraina, izoh, bayrog‘i, berdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное