Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Ronaldu “Al-Nasr”ga o‘tganiga izoh berdi
Hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubiga o‘tganidan xabaringiz bor. U o‘zining ushbu klubga o‘tishini shunday izohladi: 

“Bu ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘layotgan tarix. Bu transfer nafaqat klub, balki liga, millat, kelajak avlodni ham yangi yutuqlarga erishishga ilhomlantiradi”, deb yozdi Ronaldu o‘z Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, Ronaldu Portugaliya superkubogi sohibi, uch karra Angliya chempioni, Angliya kubogi g‘olibi, besh karra Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi, ikki karra UEFA Superkubogi sohibi, Yevropa chempioni, Angliya Superkubogi g‘olibi, ikki karra Italiya chempioni hisoblanadi. Futbolchining oxirgi to‘p surgan klub – Manchester Yunayted (Angliya).

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning yangi klubidagi maoshi yiliga 75 million dollarni tashkil etadi. Tomonlar 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartmoga imzo chekdi. Krishtianu Saudiya klubida o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipovga tegishli bo‘lgan 7-raqamda to‘p tepadi.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1694 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘tganiga, izoh, Ronaldu, Al-Nasr, berdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное