Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“O‘zimga ham ‘krutoy bo‘lib ketibsanmi?’ deb yozganlar bo‘ldi”. Rasul Kusherbayev Qonunchilik palatasi majlisida nima uchun qora ko‘zoynak t
Deputat Rasul Kusherbayev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida qora ko‘zoynak taqqan holda qatnashdi. Palata tarixida ilk bor onlayn efirda namoyish etilgan majlisdagi ushbu holatga ko‘pchilik e’tibor qaratdi. Deputatning o‘zi “Daryo” muxbiri bilan suhbatda shu masalada unga o‘zining yaqinlari ham juda ko‘p yozganini bildirdi.


Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, u ko‘zida qizarish va shish borligi uchun majlisda qora ko‘zoynak taqib qatnashishga majbur bo‘lgan.

“Bir oycha avval ko‘zimga yara chiqqandi. Qizarish va shishlar bor. E’tibor bermay yurgandim. Hozir davolanyapman. Ko‘zoynakni ham bir haftadan buyon taqib yuribman. Uyda o‘tirib, dam olsam ham bo‘lardi. ‘Ko‘zi og‘rigani uchun ham yotib olibdi’, degan gaplar bo‘lmasin deb ishga chiqdim. Boz ustiga ish ham ko‘p”, — dedi deputat.

“To‘g‘risi, o‘zimga ham ‘yig‘ilishda ham qora ko‘zoynak taqib o‘tiribsizmi?’, ‘bu hurmatsizlik hisoblanmaydimi?’, ‘krutoy bo‘lib ketibsanmi?’, deb yozganlar bo‘ldi. Yorug‘da ishlashga ozroq qiynaldim, shu bois ko‘zoynak taqishga majbur bo‘ldim. Bir-ikki kunda ko‘zoynakdan xalos bo‘laman”, — deya qo‘shimcha qildi Rasul Kusherbayev.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3047 | Рейтинг: 0| Рейтинг: izoh, Uchun, bo‘lib, palatasi, NIMA, ham, krutoy, Taqib, Qora, berdi, qatnashganiga, majlisida, DEB, ketibsanmi, ko‘zoynak, O‘zimga, yozganlar, bo‘ldi, qonunchilik, Rasul Kusherbayev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное