Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

«Yoshlar daftari»ga kirganlarga 1,2 mln so‘mgacha kasb o‘rganish uchun oylik mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan «Kelajak kasblari» loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda. Unda «Yoshlar daftari»ga kirgan yoshlarning zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganishi uchun 6 oygacha subsidiya ajratiladi.
Yoshlar ishlari agentligining ma’lum qilishicha, «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda 1-4 BHM miqdorida, ya’ni 300 ming-1,2 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Subsidiya mahalladagi yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Ariza beruvchi bir vaqtning o‘zida ham zamonaviy kasb yoki axborot texnologiyalar o‘quv kursi, ham xorijiy til o‘quv kursida o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishi mumkin.

«Yoshlar daftari»ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga subsidiya ajratiladi:

 – oila a’zosi «Temir daftar»ga, «Ayollar daftari»ga yoki «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ATga kiritilgan yosh fuqaro;

– ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yosh fuqaro;

– boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yosh fuqaro;

– I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro;

– Mehribonlik uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh fuqaro;

– ishsiz yosh fuqaro;

– jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yosh fuqaro.

Subsidiya ajratishni so‘rab yoshlardaftari.uz elektron platformasida ariza qoldirish mumkin.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 636 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kasb, mln, so‘m, bo‘ldi, ajratiladigan, daftar, oylik, kirganlarga, Yoshlar, o‘rganish, Uchun, mablag‘
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное