Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Kuz ertagi-soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Hyundai mashina ichida telefonlarni o‘chirib qo‘yadigan texnologiyaga patent oldi

Hyundai kompaniyasi mashina ichida mobil telefonlarni o‘chirib qo‘yadigan va haydovchiga xalaqit beradigan bir qator funksiyalarni cheklaydigan texnologiya uchun patent oldi. Kompaniya mutasaddilarining fikricha, bu haydovchini chalg‘ituvchi narsalarni kamaytiradi va yo‘l xavfsizligining ta’minlanishiga yordam beradi. Bu texnologiya ayniqsa yangi haydovchilarga qo‘l kelishi mumkin.
Texnologiyaning ishlash prinsiplari qisman oshkor etildi. Ma’lum bo‘lishicha, mashinaning elektronikasi telefonlarda SMS yozishni cheklab qo‘yib, barcha xabarlarni og‘zaki kiritish funksiyasini ishga tushirishi mumkin. Texnologiya tezlik, ob-havo, soat va boshqa jihatlarni e’tiborga olib qanday imkoniyatlar va funksiyalarni cheklash kerakligini belgilaydi.
Texnologiya ishlashi uchun mashina ichiga maxsus antennalar o‘rnatilib, ular mobil aloqa vositalarning signallarini tutib boradi. Ayni paytda, antennalarning uyali telefon bilan aloqasini ta’minlash uchun unga maxsus ilova o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Texnologiya qachon va qanday modellarda qo‘llanilishi ma’lum qilinmagan.
Shunga o‘xshash texnologiyalar boshqa avtokonsernlar tomonidan ham ishlab chiqilmoqda. Jumladan, yaqinda Chevrolet yangi avlod Malibu mashinalari uchun haydovchining yoshiga qarab tezlikni cheklaydigan Teen Driver texnologiyasini ishlab chiqqani ma’lum qilingan edi.
Manba:kun.uz


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4373 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oldi, Hyundai, o‘chirib qo‘yadigan, ichida, mashina, mobil telefon, Uchun, patent, texnologiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное