Bahrom Nazarov - Yetiml... Bahrom Nazarov - Yetiml...
VIA Marokand - Boychech... VIA Marokand - Boychech...
Nilufar Usmonova - Kel ... Nilufar Usmonova - Kel ...
Sardor Rahimxon - Madin... Sardor Rahimxon - Madin...
Sardor Mamadaliyev - Ar... Sardor Mamadaliyev - Ar...
Asilbek Amanulloh - Jan... Asilbek Amanulloh - Jan...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - All I want
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Qo'rqmas - soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Kuchi qolmaganlarga o‘z hayotini o‘zgartirish uchun 12 usul

Zo‘riqish, bosim, hissiy portlash – nomlar har xil, biroq mohiyat yagona narsaga borib taqaladi. Har birimiz bir marotaba bo‘lsada o‘zimizni boshi yo‘q ko‘chaga kirib qolgandek his qilganmiz. Bugun e’tiboringizga hayotingizni butunlay o‘zgartirmasada, hech bo‘lmaganda uni yoqimli qilishga yordam beruvchi maslahatlar ro‘yxatini havola qilamiz.

Bu holat sizga tanish bo‘lsa kerak: soat ertalab 10, uchinchi finjon qahvani ichib bo‘ldingiz, miyangizda esa aqlli fikrlar o‘rniga  - bo‘tqa. Siz zo‘riqqansiz – ham jismonan, ruhan va hissiy tomondan va ilgari sizni xursand qilgan narsalarga nisbatan ham befarqsiz. Rag‘batlantirish? Esdan chiqaring. Sog‘liq va o‘zingizni yaxshi his qilish uchun g‘amho‘rlik lozim.
Nima uchundir yangi marralarni zabt etish va butunlay zo‘riqish bir-biri bilan yonma-yon, deya sanaladi. Aslida esa bunday emas. Hissiy portlash muvaffaqiyatning belgisi emas, bu yo‘l bilan organizmimiz biroz tin olish kerakligiga ishora qilmoqda.
Genri Fordning mazkur mashhur iborasi ayni haqiqat.
"O‘zimizni hayotga qaytarishning odatiy usullari, u xoh espressoning ikki hissasi bo‘lsin, xoh ko‘zlar ostiga surtiladigan konsiler ulardan aniq foydaga erishib bo‘lmaydi. Tubdan o‘zgarish uchun ko‘proq vaqt talab etiladi, biroq oxir-oqibat mashaqqatlar o‘zini oqlaydi. Bu sizning salomatligingiz va yaxshi kayfiyatingiz uchun kiritilgan sarmoyadir, shuning uchun unga jiddiy yondashish maqsadga muvofiq".
•Uyquga alohida e’tibor qarating
Tanamiz bu – mexanizm. Mazkur g‘aroyib va betakror tizim g‘amxo‘rlik va hordiqqa muhtoj. Ishxonadan uyga ketayotib, har kuni kompyuterni o‘chirib ketasiz, tana va miyaga ham aynan shu zarur. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yaxshi uyqu miyaga kun davomida to‘planuvchi zaharli moddalardan qutilish imkonini berar ekan, aynan shuning uchun ham yetti-sakkiz soatlik uyqu ruhiy va jismoniy salomatlik uchun juda muhim. Vazifangiz – uyquning kunlik davomiyligini aynan shu ko‘rsatkichga yetkazish. Har kuni 30 daqiqaga ko‘proq dam olish – juda sodda, shunday emasmi?
2. Nimani qanday iste’mol qilayotganingizni o‘ylang
Yeguliklarimizni o‘ylab tanlash uchun amaliyot zarur. Ayniqsa, bu telefonda javob berayotib yoki navbatdagi maktubga xat yozgan holda ovqatlanishga odatlanganlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ongli ravishda ovqatlanish amaliyoti nimani iste’mol qilayotganingiz va organizmingizga qanday olib kelishini tushunishga yordam beradi. Ochlikni qondirish o‘rniga ovqatga bo‘lgan sog‘lom munosabat shakllanadi. Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu yondashuv kayfiyatni ko‘taradi, zo‘riqishlar darajasini kamaytiradi, foydali ovqatlanish odatlariga ega bo‘lish va hattoki ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga ham yordam beradi.
3. Kofeinga – yo‘q deymiz!
Kofein shusiz ham zo‘riqayotgan asab tizimini charchatadigan vositadir. Behalovatlikda, zo‘riqqanda kofening keyingi finjoni sizni tetiklantirishi mumkin, biroq uzoq vaqtga emas. Buning o‘rniga tetiklanish va quvvat olishning yumshoqroq usullarini qo‘llab ko‘ring: jismoniy mashqlar yoki meditatsiya qilish. Agar tongni kofesiz boshlash sizga quvonch baxsh etmasa, ushbu ichimlik bilan bo‘lgan barcha munosabatlaringizni boshqa, ongli darajaga olib o‘ting. 
4. Harakatlanishni boshlang va to‘xtamang
Harakat bu nafaqat kayfiyatni ko‘tarish va zo‘riqishni kamaytiruvchi kuchli vosita, balki xotirani saqlab qolish va umuman fikrlash qobiliyati uchun a’lo darajadagi samarali usuldir.
Ortib borayotgan bosimga jismoniy faoliyat yordamida qarshi turish mumkin: yoga, yugurish yoki velosipedda uchish uchun sarflangan har bir daqiqa zo‘riqishga qarshi kurashishda asqotadi.
Tonggi oddiy jismoniy mashqlar butun kun uchun zarur sur’atni hadya etib, diqqatni muhim vazifalarda jamlashga yordam beradi. Muvaffaqiyatli insonlar aynan tongda shug‘ullanishni xush ko‘rishlarini qayd etish lozim. Kunni maslahat berilgan 10 daqiqa jismoniy mashq qilishdan boshlang va uning davomiyligini yarim soatgacha yetkazing.
 5. Eng yaxshi hordiq – sukunat
Albatta, meditatsiya qilishni eslab o‘tmasdan iloj yo‘q. Darhaqiqat, bu katta yordam beradi. Shifokorlarga tashrif buyurishning deyarli 80 foizi bu zo‘riqishlar natijasidir, vaqt va mablag‘ sarfini tasavvur qilib ko‘ring. Bu harajatlarni oddiy meditatsiya qilish orqali qisqartirish esa undan ham hayratlanarli. Bu amaliyot zo‘riqishni yengib o‘tish, immunitetni mustahkamlash, uyquni tartibga solish va o‘zimizni baxtli his qilishga yordam beradi. Yana bir foydali tarafi, doimiy ravishda meditatsiya qiladigan insonlar ongli ravishda fikrlab, behalovatlilikni kamroq his etadilar.
6. Teringizga g‘amxo‘rlik qiling
Barchasi juda oddiy: teringiz baxtlimi, demak siz ham baxtlisiz. Shubhasiz, bu odatni mustahkamlash boshqalaridan farq qilmaydi, uning uchun ham vaqt talab etiladi. Bu yerda uch hafta qoidasi ham u qadar muhim emas – doimiylik va bu narsani nima uchun amalga oshirayotganligingizni tushunish kalendardagi kunlarni o‘chirib borishga qaraganda foydaliroqdir. Konsiler charchash belgilarini ikki daqiqada berkita oladi, biroq teridagi haqiqiy o‘zgarishlar ichdan sodir bo‘lib, sekin biroq to‘g‘ri tarzda sodir bo‘ladi. U xoh kosmetika yoki yegulik bo‘lsin, yuz rangini yaxshilovchi vositani emas, organizmga haqiqiy foyda keltiruvchi narsani tanlang. Kerakli muolajalarni tongda va kechki paytda takrorlang – bir qancha vaqt o‘tgach, teri sog‘lomlik nurini sochayotgani va kayfiyat ham u qadar tushkun emasligini sezasiz. Juda oddiy, biroq insoniyat bundan yaxshisini hali o‘ylab topgani yo‘q.
7. Egoni emas, ruhiyatni oziqlantiring
Bu yerda barchasi juda oddiy: sizni xursand qiladigan narsalarni amalga oshiring. Barcha yutuqlarimiz ham qalbimizni quvonchga to‘ldira olmaydi. Va nihoyat uzoq vaqtdan buyon orzu qilgan tuflini sotib oling, tushlikda o‘zingizni muzqaymoq bilan siylang va dam olish kunlari eski filmlarni tomosha qiling. Barchada – ha mayli, ko‘pchiligimizda ishlarimizni amalga oshishirish uchun bitta yoki ikkita sabab bo‘ladi: bu xursandchilik olib keladi. Bu ishlar ro‘yxatidagi yana bir punkt bo‘lgani uchun uni amalga oshirayotganingiz yo‘q. Xurchandchilik. Siz uchun. Tamom vassalom.
8. Ichki ovozga ishoning
“Ich-ichimdan his qilyapman” qabilidagi ibora metafora emas. Muhim qarorlarni qabul qilishdan oldin hislaringizga e’tibor bering: ko‘pincha tana bizga nima kerakligini aytadi. Charchagan bo‘lsangiz, dam oling. Ko‘nglingiz tanaffus istayotgan bo‘lsa, u yer-bu yerga boring. Bir so‘z bilan aytganda, ishlar ko‘ngildagidek bo‘lmaganda, birinchi bo‘lib sababini o‘zingizdan so‘rang. Agar intuisiyali inson bo‘lmasangiz, ichki ovozga quloq tutishni o‘rganish uchun biroz vaqt talab etiladi. Barcha muammolardan chalg‘ib, biroz tin oling va aynan hozir nimani his qilayotganingiz haqida javob bering. Nima istayotganingizni juda yaxshi bilishingiz katta ehtimollikka ega. O‘zimizga quloq tutish uchun esa biroz to‘xtashimiz kerak.
9. Ishlarning odatiy tartibiga amal qilmang
Haftada bir marta umuman yangi bo‘lgan narsani sinab ko‘rishni o‘zingizga vazifa etib belgilang. Ishtiyoqingiz qo‘p bo‘lsa, bir kunda bir marta bo‘lsa ham bo‘ladi. Bu judayam ulkan g‘oya bo‘lishi shart emas, misol uchun ishga boshqa yo‘ldan boring. Hatto mana shu arzimas narsa ham – g‘aroyib tajribadir. U miyani yangi fikrlash usullari va his qilishga tayyorlaydi, bu esa natijada sizni biroz baxtiyor insonga aylantiradi.
10. Atrofdagi olamingizni o‘zingiz uchun qulay tarzda barpo eting
Barcha ma’noda sog‘lom munosabat qurishning dastlabki bosqichi – hayotingiz uchun olgan mas’ulligingizdir. Aloqalaringizni tahlil qiling va ular hayotingiz uchun qanday hissa qo‘shayotganiga ahamiyat qarating. 
Atrofdagilarni tanlashga mas’ullik bilan yondashganlar qaror qabul qilishda ham o‘zlariga ko‘proq ishonadilar. 
11. Yangi narsalarni o‘rganing
Yangi bilimlarni o‘rganish jarayoni sizni baxtli qilishi bu – fakt. U yana hayotni uzaytirish, uni qiziqarli qilish va ortiqcha xavotirdan xalos etadi. Kichigidan boshlashni istaysizmi – to‘qishni o‘rganing. Tarmoqda o‘rgatuvchi videoroliklar talaygina, bu ayyor ishni o‘rningizdan turmay ham o‘rganishingiz mumkin. Agar sizni katta maqsadlar o‘ziga jalb etsa, u holda uch oylik veb-dizayn kurslariga yo‘l oling. Nima bilan shug‘ullanishni istamang, ongingiz buning uchun sizdan minnatdor bo‘ladi.
12. Kundalik tutishni boshlang
Zo‘riqishni olish, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirish va maqsadga erishish uchun kuch-quvvat ato etish  - bu mashg‘ulot oddiy emas, juda ko‘p foydali qirralarga ega. Agar bu sizga qiyinchilik tug‘dirsa, u holda har kuni nimadir yozish shart emas. Bu bilan necha marotaba shug‘ullanish emas, matnni yaratish jarayonining o‘zi muhim sanaladi, shuning uchun buni haftada bir marta amalga oshirsa ham bo‘ladi. Taymerni o‘rnating, “Bugungi kundan nimani kutyapman” savoliga javob yozing. Ishoning, oxir-oqibat siz bu seanslarni orziqib kutadigan bo‘lasiz.
Aytingchi, siz bu usullarni qo‘llab ko‘rganmisiz yoki sizga boshqalari yordam beradimi? O‘z maslahatlaringizni biz bilan o‘rtoqlashing!

Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 9244 | Комментарии: 1 | Голосов:: 1| Теги:: 12, HAYOT, usul, Uchun, o‘zgartirish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Boyfriend пишет: | 08.07.2015 | 00:43 #1 Спам
MySkillGod manimcha bu narsala odamo xarakteriga i psixologyasiga bog'liq
Like | 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 22:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Bunyodbek Saidov - Jo'jingdan  
. Izzat Ibragimov (Xo'ja) - Askarlar  
. Bunyodbek Saidov - Ashking  
. Ummon Guruhi - Yangi Yil  
. Bahrom Nazarov - Yetimlar  
. VIA Marokand - Boychechak  
. Shoxruz (Abadiya) - Hayot  
. Hulkar Abdullayeva - Paka Pak (Remix)  
. Umar Shamsiyev - Mayli-mayli  
. Iroda Dilroz - Ikkimiz  
. Nilufar Usmonova - Kel Ikkimiz  
. Lola ft. Shaxriyor - Ko'nikmadim  
. Dilso'z - Vatanni sevish kerak  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Chaqaloqlar (New Version)  
. Munisa Rizayeva - Sensiz  .
. Nilufar - Orzular  
. Shahzoda feat. Dr. Costi - Billionaire  
. Asilbek Amanulloh - Janee  
. Baxrom Nazarov - Yana Keldim  
. Shoxruz (Abadiya) ft. Maxsuma - Yuraklarda  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola