Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Zerda - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Titanik-soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. TisMarHan-soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Choli Qushi-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Uylanamiz” qo‘shig‘i uchun 140 million so‘m jarima undiriladi

Shoir Erkin Yo‘ldosh o‘z qalamiga mansub bo‘lgan “Uylanamiz” nomli she’rdan mualliflik huquqlariga zid ravishda foydalangan xonanda Mirodil Hakimov ustidan sudga kiritgan da’vo arizasi qanoatlantirildi va xonandadan jami 140 million so‘m undirilishi belgilandi. Bu haqda Andijon viloyat Adliya boshqarmasi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, “Uylanamiz” qo‘shig‘i she’rining muallifi – farg‘onalik shoir Erkin Yo‘ldosh joriy yilning sentabr oyida fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilgani uchun xonanda Mirodil Hakimovdan tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqida da’vo arizasi kiritgan.

Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi qo‘zg‘atilib, sud majlisi 2022 yil 7 oktyabrga tayinlangan. 7 oktyabr kuni sud majlisiga da’vogarning ishonchli vakili kelgan, biroq, javobgar kelmagani sababli sud majlisi 12 oktyabrga qoldirilgan. 12 oktyabr kuni sud majlisiga taraflar kelgan va ulardan ko‘rsatmalar olingan. Javobgar ularga nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun muddat berishni so‘ragan va da’vogar tomoni norozi bo‘lmagani sababli sud majlisi 19 oktyabrga qoldirilgan. Biroq, javobgar belgilangan kunida sud majlisiga kelmaganligi sababli sud fuqarolik ishini Fuqarolik protsessual Kodeksining 220-moddasiga ko‘ra, javobgarning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim topgan.

Sudning hal qiluv qarori bilan da’vo arizasi qisman qanoatlantirilib, Mirodil Hakimovdan da’vogar Erkin Yo‘ldosh (Doripov)ga 50 million so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobari miqdorida (90 million so‘m) yetkazilgan zarar hisobiga, jami 140 million so‘m tovon puli undirish belgilangan. Bundan tashqari, javobgarning zimmasiga “Uylanamiz” she’ridan muallifning roziligisiz foydalanmaslik majburiyati yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik san’atkorlar orasida mualliflik huquqi bilan bog‘liq bo‘lgan eng katta jarimani Yulduz Usmonova to‘lagan.  “Xasta bo‘lma” nomli qo‘shiq uchun xonanda Usmonovadan she’r muallifi shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev foydasiga 185 million so‘m undirilgan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1052 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: jarima, 140, Uylanamiz, qo‘shig‘i, Million, Uchun, undiriladi, so‘m
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное