Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva “Ovuna” qo‘shig‘i uchun videoklip suratga oldirdi

Elimiz suygan san’atkor, jozibali xonanda Munisa Rizayeva “Ovuna” qo‘shig‘i uchun videoklip suratga oldirmoqda. Ma’lumki, bu qo‘shiq hozirgi kunda tinglovchilarning sevimli taronalaridan biriga aylangan. Shu sababli, klip haqidagi xabar xonandaning barcha muxlislarini quvontirsa ajab emas.

“Bu klip vatanparvarlik haqidagi klip. Unda milisiya xodimining hayoti aks etgan. Ular har doim xalqini qo‘riqlab, insonlarga yordam beradi. Xalqining quvonchi uchun jon kuydirib mehnat qiladi. Mendan bu kasb egalari ko‘p marta o‘zlarining hayoti haqida klip tasvirga olishni so‘rashar edi. Oldin bunday klip ishlashga imkon bo‘lmagan. Biroq shu kunlarda imkoniyat tug‘ildi. Jamshid Hojiniyozov bu qo‘shiq uchun ssenariy yozdi va bizga ma’qul keldi. Shundan so‘ng vatanparvarlik aks etgan klipni tasivrga olishni boshladik. Bu klipning bosh qahramoni, partnyorim  Shohruh Hamdamov bilan birinchi marta ishlashim. Bu aktyorni bizga rejissyor tavsiya qilgan. Oldin tanimagan bo‘lsamda, juda yaxshi ishlamoqda. Mening klipdagi obrazimga kelsak, judayam oddiy qiz obrazini yaratyapman.” –deydi Munisa Rizayeva.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8271 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Uchun, videoklip, Munisa Rizayeva, suratga oldirdi, Ovuna, qo‘shig‘i
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное