Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangilangan 1hls. Platforma atrofida nima gaplar? Qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?

Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini yanada kengroq targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish maqsadida 1hls mobil ilovasi amaliyotga tatbiq etilgan. Uning asosiy maqsad va vazifalari nimadan iborat, qanday foydalari bor yoki bugunga qadar u bilan bog‘liq nima muammolar yuzaga keldi? “Daryo” bu haqda so‘z yuritadi.

 

2020-yil 30-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning “Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Unga muvofiq, aholi orasida kunlik yurish va yugurishni ommalashtirish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” — www.1hls.uz platformasi yaratilishi va 2021-yilning 1-mart sanasidan boshlab ishga tushirilishi belgilangan. Biroq platforma 2021-yilning iyun oyida test rejimida amaliyotga tatbiq etilgan.

Mobil dastur “1hls.uz” sayti orqali iOS va Android’lar uchun yuklab olinib, OneID akkaunti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Foydalanuvchi dasturning kerakli qismlariga o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (bo‘yi, og‘irligi, yashash joyi) kiritishi va dasturga yurilgan qadamlarni kuzatish imkoniyatini berishi kerak.

Platformada har bir foydalanuvchining shaxsiy elektron hamyoni bo‘ladi. O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga 3 ming so‘mdan berib borilishi ko‘zda tutilgan.

Har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga esa 1 million so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkazilishi belgilangan.

Pul qayerdan ajratiladi?

Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi alkogol va sigaret sotuvchilaridan olinadigan maxsus yig‘im hisobidan moliyalashtiriladi. 1-iyundan boshlab, to‘lovlar “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi hisobiga tegishli budjet tasniflash kodlari asosida ochilgan shaxsiy g‘azna daromadlari hisobvarag‘i orqali to‘planishi aytilgan. Yig‘imlar alkogol (pivo, aroq) hamda tamaki mahsulotlarining sotilgan hajmidan kelib chiqib, quyidagicha miqdorda undiriladi:



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2208 | Рейтинг: 0| Рейтинг: atrofida, Yangilangan, gaplar, platforma, NIMA, bo‘ldi, o‘zgarishlar, sodir, Qanday, 1hls
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное