Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Tojikistonda bir kunda to‘qqizinchi zilzila sodir bo‘ldi
Bugun, 23 fevral kuni Tojikistonda 5 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Mazkur zilzila Toshkent vaqti bilan soat 16:24 da sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari 38,2 daraja shimoliy kenglik, 73 daraja sharqiy uzunlik. 

Bu safargi yer silkinishining magnitudasi 5 ball bo‘lgan. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 470 km janubiy-sharqda joylashgan.

Zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Xususan, Farg‘ona va Andijon viloyatida 2 ball qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, bir kunda mamlakatda to‘qqiz marotaba zilzila ro‘y berdi.

Eslatib o‘tamiz, bugunning o‘zida Tojikistonda Toshkent vaqti bilan soat 05:37, 05:55, 06:06, 06:35, 07:07, 07:18, 11:50 va 13:00 da – sakkiz marotaba 4 magnitudadan yuqori zilzilalar kuzatildi. Shuningdek, yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir necha viloyatlarida ham sezilgan. Tojikistonda dastlab sodir bo‘lgan zilzila magnitudasi turli manbaalarda har xil berilmoqda. 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 797 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tojikiston, zilzila, bo‘ldi, kunda, Bir, sodir, to‘qqizinchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное