Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Jeyms Bond sarguzashtlari haqidagi yangi filmning tizeri chiqdi

YouTube portalida Sem Mendes tomonidan suratga olingan Jeyms Bond sarguzashtlari haqidagi navbatdagi «007: Spektr» filmining ilk tizeri joylashtirildi. Film Rossiya prokatiga 2015 yilning 6 noyabrida chiqariladi.
Bond sarguzashtlarining navbatdagi 24-qismida Bond o‘z o‘tmishidan xabar oladi. Bu xabar Bondning maxfiy va yovuz SPECTRE (Special Executive for Counter-intelligence, Terrorism, Revenge, and Extortion — Kontrrazvedka, qasos va tamagirlik bo‘yicha maxsus tashkilot) tashkilotiga qarshi kurashishiga turtki bo‘ladi. Ushbu tashkilot agent 007 ning “klassik” filmlarida uchraydi. Rejissyor yangi film undan oldin chiqqan “007: “Skayfoll” koordinatalari” nomli qismining to‘g‘ridan-to‘g‘ri davomi bo‘lmasligini aytdi.
Filmda rollarni Deniel Kreyg, Monika Belluchchi, Reyf Fayns, Lea Seydu, Deyv Batista, Kristof Vals, Ben Uishou, Naomi Xarris, Stefani Sigman, Endryu Skott va boshqalar ijro etishgan.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 2973 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jeyms Bond
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное