Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Jeyms Bond haqidagi yangi filmning yakuniy treyleri paydo bo‘ldi

Sony Pictures Entertainment kinokompaniyasi YouTube’dagi o‘z kanalida britaniyalik maxsus agent Jeyms Bond haqidagi “007: Spektr” filmining yakuniy treylerini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
75 soniyalik rolikda aktyor Deniel Kreyg ijrosidagi Bondning “Spektr” jinoiy tashkilotiga qarshi kurashi tasvirlangan. Agent bir necha bor Frants Oberxauzer bilan to‘qnash keladi — mazkur rolni avstriyalik aktyor Kristof Valts ijro etgan.
Sahnalarning birida Bond vayron bo‘layotgan bino bo‘laklaridan omon qoladi, keyin esa qorli tog‘lardagi, shuningdek, turli aviatexnikalardagi quvlamachoqlarda qatnashadi.
“007: Spektr” filmi 26-oktabr kuni jahon ekranlariga chiqadi. Lenta bondiananing Kreyg ishtirokidagi to‘rtinchi va rejissor Sem Mendes rahbarligida ikkinchi film hisoblanadi. Franshizaning avvalgi kartinasi — “007: Skayfoll” jahon bo‘ylab 1,1 milliard dollar to‘plab, Bond haqidagi eng muvaffaqiyatli kinoga aylangan edi.


Manba:daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 2950 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jeyms Bond
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное