Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Bizni kuchli qiluvchi hayotning 7 ta achchiq haqiqati


Biz o‘z kamchiliklarimizni qiyinchilik bilan tan olamiz, biroq o‘zimizni oqlashni osongina uddalaymiz. Biz mo‘’jiza kutamiz, dushnbani kutamiz, yangi yilni va yangi hayotni kutamiz. Achchiq hayot haqiqatining ko‘ziga tik boqishning va bir daqiqaga ham ortga surmay o‘z ustimizda ishlashning vaqti keldi
Bu maqolani o‘qib chiqing, u o‘zingizni dadil tutib, to‘siqlarni yengib o‘tishga o‘rgatadi.
1. Hech kim sizga javob berishga imkon topa olmas darajada band emas
Biror yigit yoki qiz sizning xabarlaringizga juda band bo‘lgani uchun javob qaytarmayotgani yo‘q. Yoki ish beruvchi kun davomida bir soniya ham bo‘sh vaqt topa olmayotganidan sizga qaytib qo‘ng‘iroq qilolmayotgani yo‘q.
Agar siz kimdandir javob olmayotgan bo‘lsangiz buning sababi — ular anglagan holda sizga javob qaytarishni istashmayapti. Sizga vaqt ajratmayotgan kishilarni oqlashni qancha tez bas qilsangiz, o‘sha vaziyatga va insonlarga shuncha tez yaqinlasha olasiz. 
2. Har bir inson o‘z manfaatlarini boshqalarnikidan ustun qo‘yadi
Kishi qanchalik samimiy, ochiqko‘ngil va mehribon bo‘lmasin, u hamisha siznikidan ko‘ra o‘z muammolariga ko‘proq qiziqadi. Hatto eng e’tiborli sevgan kishingiz ham siz aytib turmasangiz qanday harakat qilishni, yordam berishni aniq bilmaydi. Dunyodagi eng adolatli ish beruvchi barcha ishni bajarishga rozilik berishingiz bilan sizni qabrga tortib ketayotganini tushinib yetmaydi. 
Ko‘pchilik faqatgina haddi siqqan joyigacha bora oladi. Shunday ekan, siz ular bilan orangizdagi chegarani aniq belgilab olishga va uni saqlab turishga harakat qiling. Qisqa qilib aytganda, o‘zgalarning boshingizga chiqib olishiga yo‘l qo‘ymang. Kuchli odamlar qilgisi kelmayotgan ishi uchun “yo‘q” deyishdan qo‘rqmaydi. Chunki ular o‘zi uchun o‘zi kurashmasa, boshqalar ularning o‘rniga kurashmasligini biladi.
3. Hammaga birday yoqa olmaysiz
Agar hammaning istagini ado etaverganingizda, ularga quloq solaverganingizda siz allaqachon jonsiz, hissiz mavhum bir kishiga aylangan bo‘lardingiz. Keyin esa kimdir yoningizga kelib, biroz qiziqarli, jonli inson bo‘lishingizni tavsiya qilardi.
To‘g‘risi, siz hammaga birday yoqa olmaysiz. Doim siz noto‘g‘ri yashayotganligingizni yoki noto‘g‘ri yo‘ldan ketayotganligingizni aytadigan odam topiladi. Nima bilan shug‘ullanayotganingizdan qat’i nazar sizni tanqid qiluvchilar hamisha topiladi, shuning uchun o‘zingiz istagan, sevgan ishlar bilan shug‘ullanavering. Siz quloq tutishingiz lozim bo‘lgan yagona sudya – bu sizning o‘zingiz.
4. Hayot sizga hech nima uchun majbur emas
Balki siz dunyodagi eng yaxshi, eng kelishgan, eng aqlli, eng qiziqarli insondirsiz. Biroq o‘z ustingizda ishlamas, rivojlanmas ekansiz bu ajoyib sifatlar sizning tasavvuringizda qoladi, xolos. 
Ikki xil yo‘li bor: siz bundan-da ko‘prog‘iga loyiqligingizni aytib, hayotdan nolib, butun umringizni o‘tkazib yuborishingiz yoki harakatni hoziroq boshlab, hayotning barcha go‘zalliklarini olishingiz mumkin. Aqlli inson qaysi yo‘lni tanlashini toping-chi?
5. Doim o‘zingizni oqlashga bahona topasiz
Butun umringizni maqsadlaringizga erishish uchun vaqtingiz, pulingiz, kuchingiz yoki zarur resurslaringiz yo‘qligini aytib o‘tkazish mumkin. Balki hammasi siz aytgandekdir, ammo achchiq haqiqat shuki, sayyoramizdagi har bitta odam o‘zi istagan hayot tomon intilmaslik uchun hech bo‘lmaganda bitta eng yaxshi bahonaga ega. 
Hayotdan o‘zi istagan narsani olib yashaydigan insonlar, bahonalarni chetga surib qo‘yishni bilishadi. Ular o‘z qobig‘iga o‘ralib qolish o‘rniga, chegaralarini buzib o‘tish yo‘llarini bilishadi – mana ularning muvaffaqiyat kaliti nimada.
6. Sizni hayollar emas, harakatlar shakllantiradi
Yopiq xonada o‘tirib kun bo‘yi yaxshi hayot haqida hayol surishingiz mumkin, bu juda oson. Ammo u yerdan chiqib barchasini amalda ko‘rsatmasangiz, harakat qilmasangiz bu hayollar biror ma’no anglatmaydi. Katta rejalar tuzish – yaxshi narsa, lekin u harakat bilan birgalikda kechmasa befoyda. Xulosa shuki, bizga qilayotgan amallarimizga qarab baho berishadi, fikrlarimizga emas.
7. Hech kim sizni kelib o‘z hayotingizdan qutqara olmaydi
Barchamiz orzuimizdagi inson, ideal ish yoki hayratlanarli syurpriz bizni qaerdadir kutib turganiga ishongimiz keladi. Hayotimizdan ko‘nglimiz to‘lmagan vaqtlari biz o‘zimiz bilmagan holda mo‘’jiza bilan hayotimizda biror sehrgar paydo bo‘lib, bizni muammolardan qutqaradi, deb o‘ylaymiz.
Biroq hayot haqiqati shuki, bunday hollar aslida ro‘y bermaydi. Muammolar sehrli tayoqcha kuchi bilan hal bo‘lib qolmaydi. Ularni o‘z kuchimiz bilan yengib o‘tishimiz zarur.
Buni eng kuchli insonlar yaxshi tushinadi. Qiyin vaqtlar kelganida ular sovutni kiyib olib, oq otga chiqishadi va o‘zlarini qutqarishadi. Chunki kimdir yordam berishi kerak bo‘lsa, bu inson ularning o‘zlari ekanligini anglashadi.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 24023 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qiluvchi, Bizni, 7 ta, HAYOT, achchiq haqiqat, kuchli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Nigow771 togri etas
Like | 0
Nigow771 togri etas
Like | 0
Dilso'z пишет: | 17.09.2015 | 23:25 #1 Страница с комментарием
omina1710 Ha to'g'ri ko'ngildagidek inson bo'lish o'zini qo'lida, qatiyatli insongina shu darajaga yetishi m.n. Raxmat admin haqiqatni yozibsizlar
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное