Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda

 
Sobiq “Ummon” guruhi xonandasi Shohruh Instagram’dagi sahifasiga do‘stlari Zohid hamda Jasurning dardiga shifo tilab post joyladi. Ushbu post ostidagi izohlarda guruhning muxlislari Jasur Rafiqovning anchadan beri saraton bilan kurashayotgani haqida yozib qoldirdi.“Har kuni birga edik. Yoshlik, mashhurlik birga o‘tdi. Birga ulg‘aydik, ne ne tanqid-u, yomonliklarni ham birga ko‘rdik. Bir oila edik —Zohid, Jasur, Shohrux. Kunlar keldi hammamiz o‘z yo‘limizdan ketdik. Oylab ko‘rishmas edik, bir-birimizni ko‘rmasak-da lekin tariximizni har soniya eslab turardik, ko‘rishib qolsak ham soatlab o‘tgan kunlarimizni gaplashib o‘tirardik. Do‘stim sizlarning borligilar man uchun juda muhim ekanligini bildim. Bir-birimizni oylab ko‘rmasak ham, lekin biz bir butun ekanligimizni bildim. Bugun butun xalqimizdan, hamma-hammadan iltimos qilib qolaman — o‘sha siz bilgan Zohidning hamda Jasurning haqqiga duo qiling. Allohim, o‘zingga barchasi oson. Zohid hamda Jasurning dardiga shifo ber, Allohu Akbar”, — deb yozadi Shohrux.

Shuningdek, Jasur Rafiqov ham Instagram’dagi sahifasi orqali “Alloh suygan bandalariga sinov berishi”ni aytib o‘tgan. U Zohid Risqiyev bilan tushgan suratini “Alloh bizni sinovga tashladi”, deb izohlaydi.

“Ummon”ning muxlislari guruhning har ikkala a’zosiga ham shifo


tilamoqda.Ma’lumot uchun, “Ummon” guruhi 2019-yilda tarqalib ketgan edi.



Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1696 | Рейтинг: 0| Рейтинг: guruhining, sobiq, xonandasi, HAYOT, aytilmoqda, Jasur Rafiqov, sinovga, Bizni, chalingani, Saratonga, tashladi, UmmoN
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное