Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Qo'rqmas - soundtreck
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Fuqaroni do‘pposlagan ichki ishlar xodimlari ishi yana sudda ko‘riladi
Farg‘onada fuqaroni do‘pposlagan ichki ishlar xodimlari M. A. va B. T. ishi bo‘yicha Farg‘ona viloyati prokurori tomonidan kassatsiya tartibida protest kiritilgan. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, profilaktika inspektorlari M. A. va B. T. Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudining 2022 yil 14 martdagi hukmi bilan har ikkisiga nisbatan ish haqining 30 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. 

Mazkur jinoyat ishi Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasida qayta ko‘rib chiqilib, 2022 yil 23 avgustdagi chiqarilgan hukmga ko‘ra M. A. va B. T.ning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emasligi sababli aybsiz deb topilib, ularning har ikkisi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 2-bandiga asosan reabilitatsiya qilingan.

“Farg‘ona viloyati prokurori tomonidan Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 23 avgustdagi hukmi ustidan kassatsiya tartibida protest keltirilgan bo‘lib, ushbu protest belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilayotganligi ma’lum qilinadi.

Ushbu jinoyat ishi Oliy sudda kassatsiya tartibida ko‘rilishi bo‘yicha sud jarayoni yakuni yuzasidan batafsil axborot beriladi”, deyiladi Oliy sud xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 sentyabr kuni kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada Ichki ishlar xodimlari bir necha kishi guvohligida fuqaroni do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. Videoda ikki xodim fuqaroni bo‘g‘ib, urib, tepganini ko‘rish mumkin.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 667 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Fuqaroni, ishi, do‘pposlagan, sud, Ichki ishlar, Yana, ko‘riladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное