Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Neymar ishi”. “Real” prezidenti Neymarning transferi bilan bog‘liq sud jarayonida ishtirok etadi
“Real” klubi prezidenti Florentino Peres “Santos”ning Neymar transferi bilan bog‘liq da’vosi ko‘rib chiqiladigan sudda ishtirok etadi, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo.

Avvalroq DIS investitsiya kompaniyasi Neymar, uning oilasi, “Barselona” sobiq prezidentlari Xosep Bartomeu va Sandro Rosel, shuningdek, “Santos” sport direktori Odilio Rodrigesni sudga bergani xabar qilingandi.

Florentino 17—31-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sud jarayonida 18 guvohdan biri bo‘ladi. “Real” rahbari 18-oktabr kuni ko‘rsatma berishi kutilmoqda.

DIS dalillardan biri sifatida Peresning 2016-yilda bergan intervyusidan parchani keltirmoqchi. O‘shanda funksioner “Real” ham Neymarga qiziqish bildirgani, futbolchini “Santos”dan olib kelish uchun transfer huquqiga egalik qiladiganlarga umumiy 150 million yevro to‘lash kerakligi haqida gapirgandi.

Avvalroq 2016-yildan beri davom etib kelayotgan mojaro sudga oshirilgani xabar qilingandi.

Prokuratura Neymar uchun ikki yillik qamoq va 10 million yevro miqdoridagi jarima so‘ramoqda. DIS esa futbolchini 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek, xuddi shuncha muddatga futbol o‘ynashini taqiqlash talabi bilan chiqqan. Undan tashqari futbolchining ota-onasiga ham 5 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ramoqda. Prokuratura Neymarning otasini 2 yil, onasini 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi tarafdori.

DIS “Barselona”ning sobiq prezidenti Sandro Roselni va o‘sha vaqtda “ko‘k-anorranglilar” vitse-prezidenti bo‘lgan Xosep Bartomeuni 8 yilga ozodlikdan mahrum etilishini xohlamoqda. Davlat ayblovi esa Roselga 5 yillik qamoq jazosini so‘ragan.



Manba:daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1481 | Рейтинг: 0| Рейтинг: transferi, sud, bog‘liq, Prezidenti, Neymar, bilan, jarayonida, real, Neymarning, ishtirok etadi, ishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное