Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Surxondaryoda sobiq xotini va qaynonasini o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi
Surxondaryoda sobiq turmush o‘rtog‘i va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan 38 yoshli erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Qotillik 6-aprel kuni soat 18:30 larda Sho‘rchi tumanida yuz bergandi. 38 yoshli er S.N. Rossiyaga ishlashga ketganida, turmush o‘rtog‘i Z.M. unga xiyonat qilib kelganini bilib qolgan. 2022-yilning yanvarida O‘zbekistonga qaytib kelgan. Kelishi bilan voyaga yetmagan 3 nafar farzandini o‘zi bilan olib qolib, turmush o‘rtog‘ini u bilan ajrashish maqsadida uydan chiqarib yuborgan.

Shundan so‘ng er-xotin o‘rtasida farzandlar kimda qolish-qolmasligi ustidan tortishuv boshlangan. Erkak sobiq xotinining akasiga Z.M. uni tinch qo‘yishi lozimligini, farzandlarini olish uchun sudga ariza bermasligini, agar ariza bergan taqdirda uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Biroq xotini sud orqali farzandlarini o‘ziga olish uchun da’vo ariza yozib, taqdim qilish choralarini ko‘rayotganini bilib, undan o‘ch olish maqsadida reja tuzgan.

Turmush o‘rtog‘iga o‘g‘lini ko‘rsatish uchun olib borishini, u bilan yarashmoqchi ekanini aytib, mashinasida uning onasi X.X. bilan yashab kelayotgan uyga borgan. O‘g‘lini qaynonasi va turmush o‘rtog‘i bilan uchrashtirgan. Shunda keyin o‘g‘lini mashina ichiga qo‘yib, qaynonasi va xotinining uxlashini kutgan. O‘ziga qulay vaqt paydo bo‘lganidan so‘ng uyga kirib, ayvonda uxlab yotgan qaynonasi va xotinining bo‘yin qismiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Ular ko‘p qon yo‘qotish natijasida voqea joyida vafot etgan.

Javobgarlikdan qutulish maqsadida Surxondaryo viloyatidan Tojikistonga o‘tib, u yerdan Rossiyaga qochib ketgan erkak Rossiya IIV xodimlari tomonidan “Domodedovo” aeroportida qo‘lga olingan va O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qotillikni sodir etgan erkakka Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j” bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi ikki shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish )bilan 20 yil muddatga ozodlik mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1020 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sobiq, o‘ta, sud, va, xotini, shafqatsizlik, qaynonasini, hukmi, bilan, Surxondaryo, o‘ldirgan, o‘qildi, Erkak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное