Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Pazanda - The Sound of Love
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Qaqnus - Destiny (korea)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda erkak 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qildi. Sud esa videoni tarqatganlarni jazolamoqchi
Toshkent shahar Yunusobod tumanida erkak 6 yoshli qizchani aldab unga tegajog‘lik qildi. Bu haqda Nemolchi.uz yozmoqda.

Shuningdek, postga ko‘p qavatli uyning kuzatuv kameralariga tushib qolgan tasvirlar va erkakning qo‘lga olingani haqidagi videolar ilova qilingan. Videodan ma’lum bo‘lishicha, 6 yoshli qiz uyi yaqinida do‘sti bilan o‘ynab, mushukni qidirib yurgan mahal erkak qizaloqqa mushuk shu erda ekanligini aytib, uni aldaydi. Keyinroq bolaning aytishicha, ko‘p qavatli uyning “podezd”ida erkak unga tegajog‘lik qilgan.

Shundan so‘ng, jabrlanuvchining onasi darhol huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilgan.

Kecha, 8 noyabr kuni Toshkent shahar sudlari mazkur holat bo‘yicha rasmiy munosabat bilan chiqdi.

Munosabatda yozilishicha, 2022 yil 11 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi va 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismi bilan R. Sh. ga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi sudya O. Hayitovning ish yurituviga kelib tushgan.

“Mazkur sud muhokamasi 17 oktyabrdagi tayinlash ajrimi bilan 26 oktyabr kuniga yopiq sud majlisida ko‘rish uchun tayinlanib, yopiq sud majlisida ishni ko‘rish boshlangan", deyilgan rasmiy munosabatda.

Biroq, sud ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan R. Sh. ga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rilayotganligi, sud hali o‘zining yakuniy qarorini e’lon qilmasdan turib, tergov harakatlari jarayoni videotasvirlari oshkor qilinganligi, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytib, videoning tarqalishi sudning ishni xolisona ko‘rib chiqishiga to‘sqinlik qilish uchun o‘tkazilayotgan bosim sifatida baholanishini keltirgan. 

Shuningdek, munosabatda surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning ruxsatisiz oshkor qilish Jinoyat kodeksining 239-moddasi (surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor qilish) da ko‘rsatilgan jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi ma’lum qilingan. 

“Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasiga binoan “gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi”, shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga ko‘ra, sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsini ko‘rsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi mumkin, bundan yopiq sud majlislarida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud qarorlari mustasno”, deb belgilab qo‘yilganini eslatgan Toshkent shahar sudlari. 

Shuningdek, tergov harakatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakunida berililishi qo‘shimcha qilingan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1703 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ESA, qildi, Erkak, tegajog‘lik, videoni, qizchaga, Toshkent, 6 yoshli, tarqatganlarni, sud, jazolamoqchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное