Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘yicha muhim yangilikni e’lon qildi
AQSHning Toshkentdagi elchixonasi joriy yilning 15 sentyabr kuni vizalar uchun 500 dan ortiq suhbat o‘rinlari ochyapti. Bu haqda Elchixonaning Telegram-sahifasida xabar berildi. 

“Konsullik bo‘limi noimmigratsion vizalar uchun bepul onlayn suhbat belgilash bilan bog‘liq qiyinchiliklarni tushungan holda, 15 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da 500 dan ortiq suhbat o‘rinlari ochyapti. Suhbat o‘rinlari faqat O‘zbekiston fuqarolari va rezidentlari uchun bo‘lib, oktyabr oyidan dekabr oyigacha bo‘lgan kunlar uchun ochiladi. Ochilgan suhbat o‘rinlari tezda to‘lishini inobatga olib, berilgan imkoniyatdan unumli foydalanish uchun, sayohatchilardan cuhbat begilash uchun tayyor bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 

Suhbat belgilash uchun avval onlayn anketa DS-160 formani to‘ldirishish va shtrix-kod raqamiga ega bo‘lish lozimligi eslatilgan. 

“Suhbat belgilashga tayyor bo‘lgach, siz o‘zingizning biografik ma’lumotlaringizni aynan viza arizasi (DS-160 forma)da ko‘rsatilganidek kiritishingiz lozim. Quyidagi tasvirda suhbat belgilash uchun qanday ma’lumotlar talab etilishi ko‘rsatilgan”, deydi Elchixona o‘z xabarnomasida.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2034 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangilikni, bo‘yicha, viza, AQSH, muhim, e’lon, elchixonasi, qildi, Toshkent
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное