Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSH hukumati maymunchechak tufayli favqulodda vaziyat joriy qildi
AQSHda maymunchechak tarqalishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyat e’lon qilindi, deb yozadi Meduza AQSH sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Xaryer Beserraga tayanib.

“Biz ushbu virusga qarshi kurashda o‘z javobimizni yangi darajaga chiqarishga tayyormiz”, — dedi Beserra.

The New York Times aniqlik kiritishicha, maymunchechakni sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyat deb e’lon qilish kasallikka qarshi kurashga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirish va ko‘proq mutaxassislarni jalb etish imkonini beradi.

Avvalroq maymunchechak tufayli favqulodda vaziyat Nyu York, Kaliforniya va Illinoys shtatlarida joriy qilingan edi.

Maymunchechak Yevropa va Amerikada 2022-yil mayidan boshlab faol tarqalmoqda. Iyul oxiri holatiga 70 dan ortiq mamlakatda 16 mingdan ziyod kasallanish holatlari qayd etilgan. AQSHda maymunchechak bilan bog‘liq olti mingta holat aniqlangan.

23-iyul kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymunchechak avj olishini xalqaro ahamiyatga ega favqulodda vaziyat, ya’ni “kasallikning xalqaro darajada tarqalishi oqibatida boshqa davlatlarda aholi salomatligi uchun xavf tug‘diruvchi g‘ayriodatiy hodisa” deb e’lon qilgandi.



Manba:Daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 644 | Рейтинг: 0| Рейтинг: vaziyat, tufayli, AQSH, joriy, qildi, favqulodda, hukumati, maymunchechak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное