Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSh harbiylari Gavayi yaqinida Rossiyaning josuslik kemasi paydo bo‘lganini ma’lum qildi

Tinch okeani akvatoriyasida Gavayi orollari yaqinida Rossiyaning “Kareliya” nomli josuslik kemasi aniqlandi. Amerikalik harbiylar 7-yanvardan buyon uning harakatlarini kuzatmoqda, deb xabar beradi Honolulu Star-Advertiser.

“AQSh qurolli kuchlarining Hind—Tinch okeani qo‘mondonligi (INDOPACOM) Gavayi yaqinidagi xalqaro suvlarda faoliyat olib borayotgan Rossiya kemasini kuzatmoqda”, — deydi qo‘mondonlik vakili Rob Martines.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzatuv ishlari aviatsiya patruli va kemalar yordamida amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, “Kareliya” 2021-yilning mayida raketa poligoni joylashgan Kauai oroli yaqinida paydo bo‘lgan. O‘shanda Rossiya kemasining kelishi sabab Amerika qo‘mondonligi rejalashtirilgan raketa sinovlarini qoldirishga majbur bo‘lgan.

Gavayi AQSh uchun harbiy operatsiyalar o‘tkazishning muhim markazi hisoblanadi. Shtab-kvartirasi Kemp-Smitda joylashgan INDOPACOM Tinch okeanidagi barcha, Hind okeanining asosiy qismidagi va Arktikaning ayrim qismlaridagi operatsiyalarni nazorat qiladi.

Avvalroq AQShda ilk bor ayol kishi atom aviatashuvchisining komandiri etib tayinlangani, AQSh harbiy dengiz kuchlari Erondan noqonuniy olib kelinayotgan qurollarni qo‘lga olgani, AQShda dunyodagi eng birinchi yadroviy suvosti kemasi ta’mirlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1078 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yaqinida, Gavayi, harbiylari, paydo, ma’lum, AQSH, Rossiyaning, kemasi, bo‘lganini, josuslik, qildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное