Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Toshshahartransxizmat” Mercedes avtobusida nima sababdan yong‘in chiqqanini ma’lum qildi

 
20-dekabr kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida 125-yo‘nalishda qatnaydigan avtobusda yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Toshshahartransxizmat” sodir bo‘lgan holat bo‘yicha ma’lumot berib, hozirda xizmat tekshiruvi olib borilayotganini bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in yuzaga kelgan Mercedes-Benz avtobusi 2009-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 836 037 kilometr, so‘nggi servis xizmatidan keyin esa 7621 kilometr masofani bosib o‘tgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, avtobusning dvigatel qismidagi yuqori bosimli shlang yorilishi oqibatida kollektorga moy oqib, kuchli tutash sodir bo‘lgan. Hozirda “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Hodisa oqibatida avtobus va yo‘lovchilarga zarar yetmagan.Ta’kidlanishicha, “18-Avtobus saroyi” MChJ mutasaddi xodimlari tomonidan avtobus 2021-yilning 21-dekabr kuni ta’mirlanib, yo‘nalishga chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14-dekabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida 47-yo‘nalishda qatnaydigan avtobusda yong‘in chiqqandi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1043 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qildi, Toshshahartransxizmat, sababdan, avtobus, yong‘in, ma’lum, NIMA, Mercedes, chiqqanini
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное