Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Toshshahartransxizmat” bir nafar yo‘lovchini tashish 3254 so‘mga tushishini ma’lum qildi

Toshkentda jamoat transportida bir nafar yo‘lovchini tashish uchun ketadigan xarajatlar  3254 so‘mni tashkil etadi, deb xabar beradi “Toshshahartransxizmat”. Shu bilan birga, poytaxt jamoat transportlarida harakatlanish 1400 so‘m turadi.

“Toshshaxartransxizmat” AJ avtobus saroylari faoliyatining 2021-yil 9 oy yakunlari bo‘yicha bir yo‘lovchi tashish uchun shakllangan xarajatlari to‘g‘risida ma’lumot bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, kompaniya avtoparki o‘tgan 9 oy davomida 102,7 million yo‘lovchi tashigan. Har bir kilometr uchun ketgan o‘rtacha xarajatlar 5196,5 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, avtobuslar yo‘nalishlarida jami 64,3 million kilometrdan ortiq masofa bosilgan bo‘lib, jami xarajatlar 334,1 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

Avvalroq Toshkentda 2022-yil 1-yanvardan avtobus va metropolitenda yo‘lkira narxi 1700 so‘m etib belgilanishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 851 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ma’lum, tushishini, 3254, qildi, so‘mga, yo‘lovchini, tashish, nafar, Bir, “Toshshahartransxizmat”
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное