Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Titanik-soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

“Yadroviy beshlik” yadro urushi borasidagi qo‘shma bayonotini e’lon qildi

AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya yadroviy urush va qurollanish poygasiga yo‘l qo‘ymaslikni nazarda tutuvchi qo‘shma bayonotni e’lon qildi. Bu haqda Oq uy va Kreml saytlari orqali xabar berilgan.

“Xitoy, Fransiya, Rossiya, Buyuk Britaniya va AQSh yadro qurollariga ega davlatlar o‘rtasida urush bo‘lishidan qochish va strategik xatarlarni kamaytirish asosiy majburiyatmiz bo‘lishi kerak deb hisoblaydi”, — deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, “yadro urushida g‘alaba qozonib bo‘lmaydi va uni hech qachon boshlamaslik kerak”. Shuningdek, qayd etilishicha, yadro qurolidan foydalanish keng miqyosli oqibatlarga olib kelishi sababli, ular mudofaa maqsadlariga xizmat qilishi, tajovuz va urushning oldini olishi kerak.

Bayonot ishtirokchilari bu kabi qurolning tarqalishini to‘xtatish zarurligiga “ishonchlari komil”.

Imzolangan bayonotda, shuningdek, barcha davlatlar bilan xavfsizlik, qurolsizlanish bo‘yicha taraqqiyot va yadroviy quroldan xoli bo‘lgan xavfsiz dunyo uchun hamkorlik qilish majburiyati yana bir bor tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, bayonotda o‘zaro tushunish darajasini oshirish va “hech kimga foyda keltirmaydigan va hamma uchun xavf tug‘diradigan” qurollanish poygasining oldini olish niyati ham qayd etilgan.

O‘z navbatida BMT bosh kotibi Antonio Gutterish “yadroviy beshlik” davlatlarining bayonotini olqishlagan. BMT bosh kotibining vakili Stefan Dyujarrikning ta’kidlashicha, Gutterish “yadroviy kuchlar tomonidan o‘zlarining ko‘p tomonlama hamda ikki tomonlama qurollarni tarqatmaslik, qurolsizlanish va qurollarni nazorat qilish bo‘yicha majburiyatlariga rioya qilish zarurligini tan olishlarini qadrlaydi”.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda BMT yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilgandi.O‘shanda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya hujjatni imzolash yoki ratifikatsiya qilish niyatida emasliklarini ma’lum qilgandi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1452 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qildi, beshlik, yadroviy, qo‘shma, borasidagi, bayonotini, e’lon, yadro, urushi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное