Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Kredit ololmagan yangiyo‘llik fuqaro og‘zini tikib, ochlik e’lon qildi


Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi fuqaro imtiyozli kredit olish so‘roviga rasmiylar ijobiy javob qaytarmagani uchun o‘z og‘zini tikib, ochlik e’lon qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videomurojaatida aytgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xalqobod mahallasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro S.S. chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun mas’ullardan imtiyozli kredit ajratib berishini so‘ragan. Qolaversa, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham yetti marta shu masalada ariza yozgan.

Shuningdek, u videomurojaatida hokim yordamchisi, prokuror yordamchisi, Xalqobod mahalla raisi yordamchisiga ham olti oydan beri murojaat qilayotganini aytgan. Biroq uning so‘rovlari javobsiz qolgan.

Shuning uchun u norozilik bildirish maqsadida o‘z og‘zini tikib, ochlik e’lon qilgan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1754 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qildi, e’lon, og‘zini, ololmagan, yangiyo‘llik, tikib, kredit, ochlik, fuqaro
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное