Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda erkak uyiga mehmonga kelgan do‘stini pichoqladi
Toshkent shahar Yashnobod tumanida erkak uyiga mehmonga kelgan do‘stini pichoqladi. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, 25-fevral kuni soat 23:00 larda Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida yashovchi 61 yoshli Sh.I. o‘z xonadonida tanishi 45 yoshli P.V. bilan birga kechki ovqatlanish vaqtida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. P.V. tanishi Sh.I.ni har xil haqoratli so‘zlar bilan so‘kkanida, ayblanuvchi ulfatiga uni o‘z uyida haqorat qilmasligini aytib, jahl ustida oshxona pichog‘i bilan bir marotaba chap ko‘krak qismiga urib tan jarohati yetkazgan.

Buning oqibatida P.V. olgan tan jarohatlari bilan 4-sonli klinik shifoxonaga chap tomonlama ko‘krak qafasi sanchilib kesilgan jarohati bilan murojaat qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 638 | Рейтинг: 0| Рейтинг: pichoqladi, mehmonga, kelgan, do‘stini, uyiga, Toshkent, Erkak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное