Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Ayol Qalbi - True Love
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Janubiy Koreyada “omikron” bilan bog‘liq dastlabki o‘lim holatlari qayd etildi

Janubiy Koreyada koronavirusning yangi “omikron” shtammi bilan kasallangan bemorning vafot etishiga bog‘liq dastlabki ikki holat aniqlandi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

Mamlakat poytaxti Seuldan 329 kilometr janubda joylashgan Kvanju shahri sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, vafot etgan shaxslarning ikkisi ham 90 yoshdan katta bo‘lgan. Ularning o‘limidan so‘ng olingan test natijasi marhumlarda “omikron” shtammi bo‘lganini ko‘rsatgan.

Janubiy Koreya Kasalliklar nazorati va profilaktikasi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi bir sutka ichida 2993 kishida koronavirus tasdiqlangan, yana 36 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Janubiy Koreyada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga chalinganlar soni 642 ming kishidan oshdi va shu kunga qadar 5730 nafar bemor vafot etdi.

Koronavirusning “omikron” shtammi birinchi marta 11-noyabr kuni Janubiy Afrikada topilgan. Britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, yangi shtamm tarqalish tezligi tufayli avvalgilariga, jumladan, deltaga qaraganda xavfliroq bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavjud vaksinalar ushbu shtammga qarshi samarasiz bo‘lishi mumkin, degan shubhalar tufayli “omikron”ni xavfli deb tan oldi. Tashkilot, shuningdek, ilgari koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda “omikron” bilan qayta kasallanish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qildi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 843 | Рейтинг: 0| Рейтинг: omikron, Janubiy, holatlari, bog‘liq, dastlabki, etildi, o‘lim, bilan, Koreyada, qayd
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное