Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Fransiyada yigirma yil ichidagi eng yuqori harorat qayd etildi

 
18 iyul kuni Nant shahrida havo harorati 42 darajaga yetdi, bu mazkur shahar uchun mutlaq rekord harorat hisoblanadi.

Fransiyada yoz fasli 2003 yildan buyon eng issiq fasl bo‘ldi, deb xabar berdi Franceinfo radiostantsiyasi.

"2022 yil yozi 2003 yildan buyon kuzatilgan ikkinchi eng issiq yoz bo‘ldi. Iyun, iyul va avgustda o‘rtacha harorat 22,67 darajani tshakil etdi, 2003 yilda 23,10 darajaga yetgandi", - deyiladi xabarda.

18 iyul kuni Nant shahrida havo harorati 42 darajaga yetdi, bu mazkur shahar uchun mutlaq rekord harorat hisoblanadi, deya aniqlik kiritdi Franceinfo.

Yoz fasli davomida butun Fransiya hududida yuqori harorat hukm surdi. 

O‘rtayer dengizidagi harorat ham me'yordagidan 4-5 darajaga yuqori bo‘ldi.

Iyulda kuzatilgan jazirama sababli mamlakatda suvdan foydalanishga cheklovlar kiritildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, jazirama va qurg‘oqchilik oqibatida Fransiyada meva-sabzavotlar hosili qariyb 35 foizga kamaygan.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 632 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ichidagi, Fransiyada, Yuqori, etildi, harorat, yigirma, eng, qayd, yil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное