Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Titanik-soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

UzAuto Motors'da yangi rekord ko‘rsatkich qayd etildi


UzAuto Motors MDH davlatlari orasida eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, mintaqada o‘z liderlik statusini tasdiqladi. Bugun avtozavod konveyeridan 280 minginchi avtomobil chiqdi. Shunday qilib, zavodning 2020 yildagi tarixiy yillik rekordiga erishildi. Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning birinchi yarim yilligida UzAuto Motors liniyadan 160 ming dona avtomobil ishlab chiqarib, allaqachon ishlab chiqarish rekordini yangilagan edi.


 

Navbatdagi erishilgan rekord UzAuto Motors zavodining ishlab chiqarish maydonida tantanali ravishda nishonlandi. Unda kompaniyaning butun jamoasi ishtirok etdi.

“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov yig‘ilgan ishchi va xodimlar oldidagi chiqishida butun jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishda har bir xodimning qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, joriy yilda kompaniya nafaqat avtomobilni rekord daraja ishlab chiqardi, balki General Motors bilan 2023 yilda avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 500 ming donaga, uzoq muddatli istiqbolda 1 million donagacha oshirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ta’kidlab o‘tdi.



 

Shavkat Umurzakov, shuningdek, Chevrolet Tracker avtomobili ishlab chiqarilishini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishda barcha xodimlarning hissasi borligini, buning natijasida global inqiroz davrida rekord natijalarga erishilganini ham ta’kidladi. Kompaniya o‘z zavodlarida yangi GM GEM platformasida avtomobillar ishlab chiqarishga 620 million dollar sarmoya kiritdi, buning asosida 2023 yil boshida Chevrolet Onix ham ishlab chiqariladi.

Rekordlardan tashqari, joriy yilda UzAuto Motors ishlab chiqarilgan avtomobillar sonining yubiley natijasini qayd etdi – 5 noyabr kuni zavod konveyeridan to‘rt millioninchi avtomobil chiqdi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1898 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ko‘rsatkich, yangi, qayd, UzAuto, etildi, Rekord, Motors'da
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное