Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaxvaxona - soundtreck
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Qaqnus - Mal De music
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Osiyo-Soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Garovga olingan qizlar qanday ozod etildi?

— Qizlar menda. Agar aytgan manzilimga yetib kelmasang, ularni o‘ldiraman, — dedi jahl bilan turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilgan Xolboy.


— Iltimos, unday qilmang. Men, albatta, aytgan joyingizga boraman. Faqat qizlarni qo‘rqitmang, — deya yolvordi ayoli Nodira.

— Bo‘pti! Bo‘kaga kelasan. Agar milisiyaga xabar bersang, o‘zingdan ko‘r!!

             *            *        *           *                 *
Xolboy (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Bo‘ka tumanining Qoraquduq qishlog‘ida istiqomat qiladi. U dastlab Naziraga uylandi. To‘rt nafar farzandli bo‘lishdi. So‘ngra Xolboy Nodira ismli ayolni shar’iy nikohiga oldi. Kundoshlar bitta hovlida yashay boshlashdi. Nodira boshqa turmushidan bo‘lgan qizi Munira va o‘g‘li Mavlonni Toshkent shahrida yashaydigan onasining uyida qoldirdi.

Nodira Xolboy bilan besh yil yashab bitta qizlik bo‘lishdi. Ismini Feruza qo‘yishdi.

Kunlarning birida Xolboy Samarqandga yumush bilan ketdi. Ikki kundosh hovlida yolg‘iz qolishdi. Anchadan buyon Nodiraga tish qayrab yurgan kundoshi Nazira qulay fursat kelganini unga tushuntirib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Nodira ham bo‘sh kelmadi. Ikkalasi rosa janjallashishdi. Nodira kundoshidan arazlab bolasini oldi-da, Toshkentga ketvordi. Kelinoyisining Suvsoz mavzesida yashaydigan qarindoshi Qunduz opaning uyida yashay boshladi.

Oradan ikki kun o‘tgach, Xolboy Samarqanddan qishlog‘iga qaytdi. Uyda Nodira va qizini yo‘qligini ko‘rib ajablandi.

— Erkatoy xotiningiz yo‘q joydan janjal ko‘tarib, o‘zi arazlab ketib qoldi, — dedi birinchi xotini Nazira. — Ko‘proq uni erkalating, qosh-qovog‘iga qarang!

Xolboy xotinining gapidan jahli chiqib, Nodiraning onasinikiga bordi va undan qizini topib berishini talab qildi. Onaizor qizi uyga kelmaganini, hozir qaerdaligini bilmasligini aytdi.

Shundan so‘ng u Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-maktabga bordi. U yerda Nodiraning birinchi turmushidan bo‘lgan farzandi, ya’ni uning o‘gay qizi Munirani yoniga borib, sinf rahbari R.Xudoyorovadan maktab oshxonasidan biror yegulik olib berish uchun ruxsat so‘radi. Ustoz ularga faqatgina besh daqiqaga ruxsat berdi. Xolboy Nodiraning jiyani - ikkinchi sinfda o‘qiydigan Manzurani ham olvoldi.

— Manzuraxonga Nodira ammasidan sovg‘a olib kelganman. Shuni berib qo‘ymoqchiman, — deya u qizaloqni aldadi.

Ular maktab binosidan chiqib ketayotganida qorovul Artur ularni ko‘rib qolib, Xolboydan kimligini, bolalarni dars paytida qayoqqa olib ketayotganligini so‘radi.

— Muniraning otasi bo‘laman. Bunisi esa jiyanim, —dedi Xolboy qorovulga.

Qorovul Xolboydan shubhalangani uchun birinchi sinf ustozi R.Xudoyorovaning oldiga borib bo‘lgan voqeani aytib berdi. Bu paytda Xolboy allaqachon qizlarni ko‘chada kutib turgan “Matiz” rusumli avtomashinaga o‘tqizib, qaergadir olib ketdi.

Muniraning ustozi ularning uyiga borib buvisiga bo‘lgan voqeani gapirib berdi. So‘ng IIBga murojaat qilishdi. Xolboy dastlab qizlarni jiyani Nurillonikiga tashlab o‘zi ketdi. Keyin ularni tanishi Alibeklarnikiga olib borib qo‘ydi.

Bu orada u Nodiraga qo‘ng‘iroq qilib dedi:

— Sening va akangning qizini o‘g‘irlab ketdim. Agar Bo‘kaga yetib kelmasang, qizlarni o‘ldiraman. Qizingni ham, jiyaningni ham boshqa ko‘rmaysan!

— Unday qilmang, jon dadasi. Aytgan joyingizga boraman, — dedi qo‘rqib ketgan Nodira yig‘lamsirab. Chunki u turmush o‘rtog‘ining qo‘lidan har qanday qabig‘lik kelishini yaxshi bilardi.

·         Yana boshimga milisani yetaklab kelib o‘tirma. Agar birovlarga xabar beradigan bo‘lsang, qizlarni tirik ko‘rmaysan! — deya Xolboy telefonini o‘chirdi.
 
Shu payt Nodiraning akasi singlisiga qo‘ng‘iroq qilib, Xolboyning gaplarini aytdi. Ayol shosha-pisha onasinikiga yo‘l oldi. Keyin akasi, kelinoyisi va IIB xodimlari  bilan birgalikda Bo‘kadagi "Tabassum" kafesiga borishdi. Afsuski u yerda turmush o‘rtog‘i ham, qizlar ham yo‘q edi. So‘ngra ular Xolboyning uyiga borishib, jiyani Nurilloga duch kelishdi. Nurillo ularni Alibeklarnikiga boshlab bordi. Shunday qilib qizlar sog‘-omon topildi.

Sud Xolboy Abdubolievni Jinoyat kodeksining 126-moddasi, 137-moddasi 2-qismi "a" bandi va 112-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

 
Bahodir TOJIDINOV, Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi tergovchisi
Xonbibi HIMMAT qizi, jurnalist


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 6476 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Qizlar, garovga olingan, Ozod
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
2336278 Jinnikanu
Like | 0
Woxbola бунакалани жазосини бериш керак
Like | 0
Azamat4846 Jazoini ol!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное