Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Geolog - O‘zbek-rus jangari filmi bahorda ekranga chiqadi

Joriy yilning bahorida O'zbekiston va Rossiya kinoijodkorlarining hamkorlikdagi mahsuloti — "Geolog. Ajaldan kuchliroq" badiiy filmi ekranlarga chiqadi. "Podrobno.uz" nashrining ta'kidlashicha, bu O'zbekiston uchun butkul yangicha kinoloyihadir: yangi janr, yangicha operatorlik yondashuvi va maxsus effektlar. Eng asosiysi — mutloq yangicha syujet.

Film voqealari o‘tgan asrning 60-yillarida Rossiyada bo‘lib o‘tadi. Toshkentdagi oliy o‘quv yurti geologiya fakultetining ikki nafar bitiruvchisi Novosibirskka amaliyotga borishadi. Ammo begona shaharga safar chinakam sarguzashtga aylanib ketadi.

Qahramonlar mahalliy banditlarga duch kelishadi, otishma, tovlamachilik, bo‘rilar izg‘igan zulmat o‘rmonda kezishlar… Voqealarning bu qadar keskin burilishiga tayyor bo‘lmagan yosh amaliyotchilar mazkur murakkab vaziyatda jon saqlab qolish uchun jon-jahdlari bilan harakat qilishadi.

Ijodiy guruh hozircha bu yangilikning ko‘p tafsilotlarini oshkor etmayapti. Ma’lum bo‘lgani shuki, suratga olish jarayonlari O‘zbekistonda va Rossiyaning Perm o‘lkasida kechgan. Unda o‘zbekistonlik va rossiyalik aktyorlar jamoasi ishtirok etishgan. Shuningdek, "Geolog. Ajaldan kuchliroq” kartinasi O‘zbekistonda Dolby Digital 5.1 ovoz formatidagi ilk prodyuserlik loyihasi bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, prodyuser Oybek Abdushukurov, loyiha muallifi Muxlisa Azizova va rejissyor Dilmurod Masaidov keyingi yillarda o‘zbek kinematografiyasi uchun odatiy bo‘lib borayotgan mavzular doirasidan dadil chiqa olishgan. Ilk o‘zbek kriminal-sarguzasht filmining treyleri ham allaqachon internetga chiqib ulgurdi. Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ham filmning sahifasi ochilgan bo‘lsa-da, unga hozircha hech qanday ma’lumot kiritilmagan. Kartinaning premyerasi esa bahorda, Toshkent, Moskva va Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3032 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Geolog
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Timon Men Perm ulkasida bulganman zur joylar,kuramiz kanaka chikarkin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное