Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

GM Uzbekistan Captiva ishlab chiqarishni to‘xtatadi


GM Uzbekistan Captiva ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bunga General Motors kompaniyasining global strategiyasi sabab bo‘lgan. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Hurmatli xaridorlar, General Motors kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, Chevrolet Captiva avtomobilini GM Uzbekistan AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig‘ish yakunlanishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bugundan to‘xtatiladi.

GM Uzbekistan AJ dillerlik korxonalari bilan birgalikda Captiva rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini yil ohirigacha to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Ta’kidlash joizki, Captiva avtomobili O‘zbekiston bozoriga kirib kelganiga roppa-rosa 11 yil to‘ldi. Ilk bor Captiva avtomobilini O‘zbekistonda yirik tarmoqli yig‘ish 2007 yilning oktabr oyidan boshlangan. 2011 yilning sentabr va 2017 yilning fevral oylarida avtomobilning yangilangan modeli chiqarilgan.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 2824 | Рейтинг: 0| Рейтинг: GM Uzbekistan, Captiva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное