Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Pazanda - Sad Love
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
Главная » Файлы » AVTO OLAM

GM Uzbekistan mashina narxlarini pasaytiradimi? Oydinlik kiritildi


2018 yildan boshlab, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 5 foizni tashkil etishi haqida xabar qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kun.uz muxbiri yangilik ortidan paydo bo‘lgan savollarga javob izlash uchun mutasaddi vakillar bilan bog‘landi.

Mashina aksiz solig‘i stavkasi bungacha qancha edi?

O‘tgan 2017 yil boshida GM Uzbekistan​ AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 29 foizga teng bo‘lgan. Shundan keyin, yilning yozida esa stavka 27 foizgacha tushirilgan, ya’ni aksiz solig‘i 2 foizga kamaytirildi. Ayni paytda uning miqdori 5,4 barobarga kamaytirilib, 5 foiz etib belgilangan. Bu haqda «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorda ma’lum qilingandi.

Mashina aksiz solig‘ining pasaytirilishi ishlab chiqarish narxiga ta’sir o‘tkazadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan savol ham ayni shudir. Ya’ni, GM Uzbekistan​ AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 27 foizdan 5 foizga tushirilishi yangi ishlab chiqariladigan avtomobil narxiga ham ta’sir o‘tkazishi mumkinmi? Kun.uz muxbiri mutasaddi vakillar bilan suhbatlashib, barcha axborotlarni tahlil qilgach, shunday xulosaga paydo bo‘ldi: aksiz solig‘ining tushirilishi mashina narxiga ta’sir o‘tkazmaydi. Soddaroq qilib aytganda, GM Uzbekistan​ AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasining pasaytirilishi bilan jamiyat tomonidan ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan avtomobil narxi pasaymaydi.

Mashina aksiz solig‘ini pasaytirishdan maqsad nima?

2017 yil sentyabr oyi ilk kunlaridan boshlab, O‘zbekistonda xorijiy valyuta mablag‘larini liberallashuvi jarayoni boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Har bir sohada kuzatilgani kabi, GM Uzbekistan AJ mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun chet eldan keltirilishi zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari, xom-ashyo vositalarining narx siyosatida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan qiymatiga qarab o‘zgarib turadi. Taassufki, yengil avtomobil aksiz solig‘i 5 foiz etib belgilanishi valyuta liberallashuvi jarayonida milliy mashinasozlik korxonasini ziyonsiz saqlab qolish uchun qaratilgan chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda, ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan yengil avtomobillarning yangilangan narxi oshirilmasdan, ularning aksiz solig‘i pasaytirilgan.

Havola etilgan ma’lumotlar rasman GM Uzbekistan​ AJ tomonidan tasdiqlanishi yoki e’lon qilinishi kutilmoqda.



Manba:kun.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 8773 | Рейтинг: 1| Рейтинг: GM Uzbekistan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное