Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Go‘zallik talab qilgan qurbonlik


Go‘zallik qurbonlik talab qiladi, deyiladi. Buni Uelsning Reksem shaharchasida yashovchi Salli Roberts o‘z tanasida sinab ko‘rdi. U o‘zining lablarini shishirish uchun jarrohlik amaliyotini bajartirganidan keyin, uning labi shunchalik shishib ketdiki, u hatto ovqat ham yeb-icholmay qoldi, deb xabar beradi Mirror nashri.

Jarrohlik amaliyotining keyingi kuni, Robertsning tashqi ko‘rinishini yanada chiroyli qilishi kerak bo‘lgan lablari shishib, yorilib ketgan. Zamonaviy moda talabgori labining yorilgan joylaridan, shifokor tomonidan kiritilgan suyuqlik sizib chiqa boshlagan.

Robertsda labiga kiritilgan ximiyaviy suyuqlikka nisbatan kuchli allergiya boshlangan. Uelslik ayol to‘g‘ri ma’noda tilini yo‘qotib qo‘yishi mumkin bo‘lgan. Shifokorlar zudli bilan og‘riqni qoldiruvchi, shamollashning oldini oluvchi va organizmda jarayonlarni sekinlashtiruvchi dorilarni yozib berishga majbur bo‘lgan. Aks holda Robertsda anafilaktik (shok) karaxtlik boshlanishi mumkin edi.

Roberts omadli ekan, shifokorlar o‘z vaqtida yordam qo‘lini cho‘zishdi va jarrohlik natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jiddiy ko‘ngilsizlikning oldi olindi. Endi, Roberts barchaga plastik jarrohligini o‘tkazishdan oldin kerakli laboratoriya tahlillarni o‘tkazishni tavsiya qilyapti.

Roberts bu bilan kosmetik jarrohlikka qarshi chiqmagan, balki turli tahlillardan o‘tishni tavsiya qilgan. Bunday jarrohlik amaliyoti o‘ziga yarashgan mashhurlar ham bor. Shulardan biri Kayli Jennerdir.

Obil Safarov



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 6947 | Рейтинг: 0| Рейтинг: talab qilgan, qurbonlik, Go‘zallik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное