Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Osiyo-Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Hozirgi biroz qiyinroq sharoitni hisobga olib, qurbonlik uchun bir necha kishi bitta qo‘y so‘yishi mumkinmi?

459-SAVOL:
Karantin sababli hozir ko‘pchilikning daromadi kamaydi. Shunday paytlarda imkoniyati kamroq kishilar ikki-uch kishi bo‘lib bitta qo‘y so‘yishi mumkinmi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bitta qo‘y faqat bir kishidan qurbonlik qilinadi. Tuya va sigirni yetti kishigacha qurbonlik qilishi mumkin. Bu haqda Alloma Ibn Nujaym Misriy Hanafiy rahimahulloh (970 h. vafot etgan) shunday deydilar:
“(Abul Barokat Nasafiy «Kanzud-daqoiq» nomli kitoblarida) qurbonlikning vojib bo‘lgan miqdori haqida: “U – bitta qo‘ydir yoki sigir yo tuyaning yettidan bir qismi” – deydilar. Qiyosga ko‘ra sigir yo tuyaning barcha qismi faqat bir kishidan durust bo‘lishi kerak. Chunki qon chiqarish bo‘linmaydigan bir ibodatdir. Lekin biz bu o‘rinda hadis bo‘lgani sababli qiyosni tark qildik. U hadis Jobir raziyallohu anhumodan rivoyat qilingan:
“Hudaybiya yilida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bilan tuyani yetti kishidan, sigirni yetti kishi nomidan qurbonlik qildik” (Imom Muslim rivoyatlari). Quy haqida hadis kelmagani sababli u o‘z asli (ya’ni, faqat bir kishi nomidan so‘yilishi)da qoldi” (“Bahrur roiq” kitobi).
Dinimizda moliyaviy ibodatlarning aksari boy kishilarga buyurilgan. Qurbonlikka imkoni yetmaganlar mashaqqat chekib yoki yig‘ilishib uni ado qilishlariga hojat yo‘q. Chunki ularga qurbonlik qilish vojib emas. Vojib bo‘lmagandan keyin gunohkorlik ham bo‘lmaydi. Lekin boy bo‘lmasada, savob umidida qurbonlik qilmoqchi bo‘lganlar, ularga qurbonlik vojib bo‘lmagani uchun “sunnat qurbonlik”, deb niyat qilib ado qiladilar. Vallohu a’lam.


Manba:zamon.uz
Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 2646 | Рейтинг: 0| Рейтинг: karantin, hait, qurbonlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное