Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda naqd pullar ham karantinga olinmoqda

Markaziy bank xabar qilishicha, naqd pullar saqlanadigan pul omborxonalari va qayta sanash kassalari hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari tomonidan haftada 1-2 marotaba dezinfeksiya qilinmoqda.

Bundan tashqari, barcha kassalarga kelib tushgan naqd pullar kamida bir hafta muddatda pul omborxonalarida alohida (xonada yoki stellajlarda) saqlash tavsiya etilyapti. Pullar karantinda saqlanayotgan davrda qo‘shimcha naqd pulga ehtiyoj yuzaga kelgan taqdirda, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virus qog‘oz shaklidagi tashuvchilarda 3-4 kun yashashi, naqd pullardan foydalanish virus tarqalishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Biroq bankdan chiqqan naqd pullarning aholi va tadbirkorlar qo‘lida muomalada yurishi oqibatida banklarga kelib tushishi uzoq muddatga cho‘zilib ketishi ehtimoli yuqori. 
Hozirgi vaziyatda tovarlarni onlayn xarid qilish, to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish, mobil ilovalar orqali kommunal va ayrim bir martalik to‘lovlarni to‘lash maqsadga muvofiq ko‘riladi.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3272 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekistonda, karantin, naqd pullar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное