Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Tezkor! O‘zbekistonda karantin talablari uzaytirildi

Joriy yilning 13 may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan epidemiologik vaziyat jilovini mahkam ushlagan holda karantin talablarini yumshatishni bosqichma-bosqich davom ettirish orqali iqtisodiy faollikni tiklash hamda aholining ishlashi va daromad olishini ta’minlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

Xususan, «yashil» va «sariq» hududlarda sanitariya-gigiena talablariga qat’iy amal qilgan holda xizmat ko‘rsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berish mumkinligi qayd etildi.
Shuningdek, shaxsiy avtomobillarning harakati bo‘yicha cheklovlarni 2020 yil 18 maydan boshlab bosqichma-bosqich BEKOR QILISh yuzasidan quyidagi tartib joriy etilmoqda:

“yashil” toifadagi hududlarda Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining 2020 yil 6 maydagi 21-son bayoni bilan avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilgan;

“sariq” toifadagi hududlarda soat 06.00dan – 22.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilsin. Bunda avtotransport vositalarining salonida 4 kishidan ortiq bo‘lmasligi lozim;

“qizil” toifadagi hududlarda avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Shu bilan bir qatorda videoselektor yig‘ilishda ba’zi joylarda berilgan erkinlikni noto‘g‘ri tushunib, aholi, ayniqsa, yoshlar hech qanday zaruratsiz ko‘chalarni to‘ldirib yurishi holatlari kuzatilayotganligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunday holatlar hamda oxirgi kunlarda infeksiya yuqtirganlar soni yana oshayotgani hammani hushyor bo‘lishga chaqiradi.
Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14 maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020 yil 1 iyunga qadar uzaytirildi.


Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 11246 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekistonda, talablar, uzaytirildi, tezkor, karantin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное