Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Gollivud yulduzi, jozibali Kira Naytli 30 yoshda!

Haqiqiy ismi Kira Kristina Naytli bo‘lgan Gollivudning eng jozibali aktrisalaridan biri bo‘lmish qahramonimiz 1985 yilning 26 mart sanasida Londonning Teddington shahrida dunyoga kelgan. Bugun u 30 yoshni qarshi oldi.
Uning dunyoga kelishi ham antiqa bo‘lgan. Gap shundaki, Kiraning ota-onasi Uill Naytli va Sherman Makdonaldlar o‘zaro garov o‘ynashadi. O‘sha vaqtlarda uning onasi aktrisalik faoliyatini to‘xtatib dramaturgiya bilan shug‘ullanayotgandi. U o‘zi yozgan ilk kitobni sota olsa, oilada yana bir farzandning dunyoga kelishiga turmush o‘rtog‘iga so‘z beradi. Bu vaqtga kelib ularning 1979 yili tug‘ilgan Kaleb ismli o‘g‘illari bor edi. Oradan bir muddat o‘tib, Kiraning onasi garovda yutib chiqadi va ularning qizaloqlari shu tarzda dunyoga keladi. Aslida qizaloqning ismi figurali uchish bo‘yicha xalqaro sport ustasi Kira Ivanova sharafiga Kira deb qo‘yilgandi. Biroq keyinchalik aniqlanishicha, qizaloqning xujjatdagi ismi xatoga ko‘ra Kira emas Keira deb yozilgan ekan.
Kira tug‘ma disleksiya kasalligi bilan tug‘ilgan. Bu o‘qish va yozishda qiyinchiliklarga duch kelish bilan bog‘liq kasallik bo‘lishiga qaramay, Kira uni yengishga bexato o‘qish va chiroyli yozishga, umuman a’lochi bo‘lishga harakat qilardi va buning uddasidan chiqardi. Chunki 3 yoshidayoq ota-onasidan unga kinoda suratga tushishi uchun agent yollashlarini so‘rardi. Kattalar esa o‘z o‘rnida unga a’lo baholarga o‘qisa, uning istagi amalga oshishini aytishardi.
Kira 6 yoshga to‘lganida unga ota-onasi tomonidan shaxsiy agent biriktirildi va 7 yoshida u ilk bor “Royal Celebration” filmida kichik qizaloqning rolini ijro etdi.
11 yoshida esa u seriallar va turli ko‘rsatuvlarda ishtirok eta oladigan yosh aktrisa sifatida tanilgandi. 1994 yili “Qishloq ishi”, 1995 yili “Aybsiz yolg‘on”, 1996 yili “Hazina izlovchilar”, 1998 yili “Uyga qaytish” kabi qator filmlardagi rollarni ijro etgan.
Aytish kerakki, Kiraning mashxur bo‘lib ketishiga uning aktrisa Natali Portmanga o‘xshashi ham katta yordam bergan. Grimm vaqtida ularni bir-biridan ajratish juda mushkul edi. 
Kira Naytlining Gollivuddagi muvaffaqiyati 1999 yili suratga olingan “Oliver Tvist” seriali, “Doktor Jivago”, “Chuqur” filmlaridagi rollaridan so‘ng kelgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
2002 yili Kira kollejga o‘qishga kirdi. Garchi o‘qishni yakunlashini ommaga ma’lum qilgan bo‘lsa-da, u kollejni tashlab ketdi.

2003 yili Kira Naytli “Karib dengizi qaroqchilari” filmida Jonni Depp va orlando Blumlar bilan rol ijro etdi. “Haqiqiy sevgi”, “Domino” kabi o‘nlab filmlardagi rollari uni Gollivudning olip cho‘qqisiga olib chiqdi.
2013 yilning 4 may sanasida qo‘shiqchi Jeyms Raytan va Kira Naytli turmush qurishdi.
2014 yilning 11 dekabr sanasida esa chet oel ommaviy axborot vositalari Kiraning homilador ekani haqidagi xabarni tarqatishdi.
Ayni damda Kira haqiqatdan ham homilador va ular turmush o‘rtog‘i Jeyms bilan ilk farzandlarining dunyoga kelishini intizorlik  bilan kutishmoqda.
Manba:darakchi.uz


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4359 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Kira Naytl, Gollivud yulduzi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Guli пишет: | 31.03.2015 | 10:34 #1 Страница с комментарием
guli101192 Bu aktirsa menga ham yoqadi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное