Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Gruziyada tanishini fohishaga aylantirgan o‘zbek ayoli sudlandi


Gruziyaning Batumi shahrida odam savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblanuvchi Gruziyaga joriy yil yanvar oyida kelgan. O‘zbekistondagi tanishiga ham ishlash uchun Gruziyaga kelishni maslahat bergan. Uni restoranlardan biriga ofisiant qilib ishga joylab qo‘yishini aytgan.

Ayblanuvchining tanishi fevralda Gruziyaga kelgan. Uni Batumidagi kvartiralardan biriga joylashtirgan va pasportini olib qo‘yib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan.

Qurbon Gruziyada mart oyigacha fohishalik bilan shug‘ullangan. Ayblanuvchi tizimli ravishda uni Batumi va Xelvachaurdagi bar, klub, restoran va mehmonxonalarda olib yurgan, shuningdek, tanishi tomonidan ishlab topilgan pullarni olib qo‘ygan.

Odam savdosi” moddasi bilan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, unga ko‘ra 12 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4375 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tanishi, aylantirgan, sudlandi, o‘zbek ayoli, Gruziya, Fohisha
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное