Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA

Gulnora Karimova "Googoogsha" (Hayoti Haqida)

Googoosha

Gulnora Islomovna Karimova  1972-yilda tugʻilgan, Fargʻona — Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimovning toʻngʻich qizi. 2010-yil yanvaridan 2012-yil iyuligacha Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi.

Kasbi boʻyicha zargarlik buyumlari dizayni sohasida ishlaydi, GooGooSha nomli sahna taxallusi bilan qoʻshiqchi sifatida mashhur, «Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi» Fondining vasiylik kengashi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari raisi.

Gulnora Karimova Islom Karimov va Tatyana Karimovaning toʻngʻich qizi, Fargʻonada tugʻilgan. 1988-yili u Toshkentda yosh matematiklar akademiyasini tugatgan, 1994 yili — Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisodiyot fakultetining xalqaro iqtisodiyot boʻlimini bakalavr darajasini bilan tamomladi. 1992-yili shu bilan birga Nyu-york shtati universiteti qoshidagi Moda texnologiyalari institutida tahsil oldi. 1996-yili Karimova Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Iqtisodiyot institutining magistraturasini bitirdi, 2000-yili Garvard universitetida sanʼat magistri darajasiga ega boʻldi. 2001-yili u Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida siyosiy fanlar doktori boʻldi, 2009-yili esa oʻsha yerning oʻzida professor ilmiy darajasini oldi. 2006-yili Karimova Toshkent axborot texnologiyalari universitetida telekommunikatsiyalar sohasida bakalavr darajasiga erishdi.

1995-yil iyul oyida Karimova Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligida ishlashni boshladi, vazir maslahatchisi lavozimini egalladi. 2003-yil sentabridan boshlab to 2005-yil apreligacha u Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasida maslahatchi-elchi boʻlib ishladi, bunga qadar Nyu-yorkdagi BMT shtab-kvartirasida Oʻzbekistonning doimiy vakolatxonasi maslahatchisi edi. 2008-yil fevral oyida u Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligida Madaniy-ijtimoiy sohada xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosar etib tayinlandi. 2008-yil sentabr oyida Karimova BMT qoshidagi va Jenevadagi boshqa xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili etib tayinlandi.

2010-yil yanvar oyida Karimova Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi etib tayinlandi.

2012-yil iyul oyi boshlarida Gulnora Karimova Ispaniyadagi Oʻzbekiston elchisi vazifasini tark etdi.

1991-yil iyul oyida Gulnora dugonasining tugʻilgan kunida AQSh fuqarosi boʻlgan Afgʻonistonlik etnik oʻzbek Mansur Maqsudiy bilan tanishdi va unga turmushga chiqdi. Nikohdan keyin Gulnoraning eri Toshkentdagi Coca-Cola kompaniyasi vakolatxonasining direktori lavozimini egalladi. Ushbu nikohdan 1993-yili Islom ismli oʻgʻli dunyoga keldi, 1999-yili esa qizi - Iman. 2001-yili nikoh buzildi, Karimova bolalari bilan birga Nyu-Jersidagi oilaviy uyidan ketdi. Nikoh ajrimi jarayoni 2 yilga choʻzildi va xalqaro janjalga aylanib ketdi. Amerika sudi Maqsudiyga bolalarga vasiylik huquqini berdi, Gulnoraga sobiq eriga bolalarni qaytarish talabini qoʻydi va ularni ushlab turgani uchun sanksiya berdi. Bunga javoban Oʻzbekiston hukumati Mansurni qalloblikda, soliqlarni yashirishda, juda katta miqdordagi poralar olganlikda, mulkni oʻgʻirlashda va pullarni yuvishda aybladi va xalqaro qidiruvga eʼlon berdi. 2008-yil 9-iyulda Nyu-Jersi shtati Oliy sudi sudyasi Den M. Vilson Gulnora Karimovaga ikkala farzandi uchun toʻliq huquqni qaytarishga qaror chiqardi.

Gulnora Karimova Googoosha taxallusi bilan kuylaydi, sheʼrlar yozadi va musiqa bastalaydi. U professional darajada vokal (metso-soprano) bilan shugʻullandi, Xulio Iglesias va Montserrat Kabale kabi taniqli qo'shiqchilar bilan ijodiy duetlar ijro etdi. Oʻzbekistonda uning qoʻshiqlari radio boʻyicha va musiqiy kanallarda eshittiriladi. 2012-yil iyun oyida Googoosha AQShda, shuningdek iTunes, Amazon va b. orqali xalqaro savdoda birinchi ingliz tilidagi albomini chiqardi. Albom rossiyalik produser va musiqachi Maks Fadeyev bilan hamkorlikda yaratildi va u 12 kompositsiya va amerikalik di-jey White Shadowdan Round Run singliga ishlangan remiksdan tashkil topgan. Karimova oʻzining realgoogoosha.com nomli saytida, shuningdek oʻzining Facebook va Twitterdagi sahifalarida mashhur Billboard musiqiy jurnali reytingi skrinshotini joylashtirdi.

 

 



Категория: SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA
Просмотров: 106313 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 6| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
RJ SARDOR пишет: | 28.07.2017 | 15:44 ( E-mail ) #6 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Sizni sog'indim
Like | 0
sirojxon ishlariga omad
Like | 0
bobo91 axir u 43 ga kirdiku
Like | 0
Ixti2929 u juda chroyli
Like | 0
91oybek91 xozir xam ijodami xonim
Like | 0
GooGooSha пишет: | 09.11.2013 | 02:33 #1 Страница с комментарием
аватар отсутствует Man googooshani juda yahsh ko'raman umani turshlarimgayam necha marta kirgan
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное