Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Gulnora Karimova ishi bo‘yicha sud boshlandi. U ko‘rsatma beradi...mi?


Avvalroq, 4 sentabr kuni Shvesiya poytaxti Stokgolm shahrida TeliaSonera telekomunikatsiya kompaniyasining sobiq top-menejerlari ustidan sud jarayoni boshlanashi haqida xabar bergan edik. Ular O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga pora berishda ayblanyapti.

Bugun, 4 sentabr kuni Shvesiya poytaxti Stokgolmda sud jarayoni boshlangan. Sudda ko‘rilishicha, sobiq TeliaSonera, ayni damdagi Telia shirkati rahbarlari O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida o‘z o‘rnini topish uchun Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga 350 million dollar pora bergan.

Ushbu sud jarayoni 2012 yilda shvesiyalik jurnalistlar tomonidan olib borilgan jurnalistik surishtiruv natijasidir. 2012 yilning 19 sentabr kuni shved jurnalistlari “TeliaSonera va o‘zbeklar ishi” nomli hujjatli film tayyorlab, uni efirga uzatgan. Filmda shirkat rahbariyati va Gulnora Karimovaga nisbatan ayblovlar o‘rtaga tashlangan. 6 yil davomida olib borilgan tergov natijalar bugungi sudda ko‘rib chiqiladi.

Aksiyalarining 37 foizi Shvesiya hukumatiga tegishli bo‘lgan TeliaSonera shirkati xodimlari ustidan boshlangan sud 50 kun davom etishi va joriy yilning 14 dekabr kuni yakunlashi taxmin qilinmoqda. Sud boshlanar-boshlanmas tanaffus e’lon qilgan. Bunga esa prokurorlar va sudlanuvchilarning advokatlari o‘rtasida chiqqan nizo sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, sudda O‘zbekiston tomonidan hech kim qatnashmayapti. Shvesariya prokuraturasi O‘zbekistondan ushbu ishda asosiy ishtirokchi bo‘lgan Gulnora Karimova, uning yordamchisi Gayana Avakyan va Rustam Madumarovning ko‘rsatma berishi yuzasidan murojaat bilan chiqqan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi esa bunday rasmiy so‘rovni olmagan.

Sud majlisida video-ko‘prik orqali O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Sud hukmi 2019 yil yanvar yoki fevral oyida o‘qib eshittirilishi mo‘ljallangan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7379 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sud, Gulnora Karimova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное