Shahzoda - Kuyov va kel... Shahzoda - Kuyov va kel...
Nilufar Usmonova & Mano... Nilufar Usmonova & Mano...
Shohruhxon - Parizod (V... Shohruhxon - Parizod (V...
Ulug'bek Rahmatulla... Ulug'bek Rahmatulla...
Shoxruz (Abadiya) - Faq... Shoxruz (Abadiya) - Faq...
Umar Shamsiyev - Mayli ... Umar Shamsiyev - Mayli ...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Ishq Jodusi - All I want
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Jumong-soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Har kuni o‘zimizga takrorlash kerak bo‘lgan 10 haqiqat

“Hissiy aql” kitobi muallifi va Smart Talent kompaniyasining asoschisi hayotda biz uchun muhim bo‘lgan narsalarni yodimizga soladi.

Eng muhim narsani unutish naqadar osonligi insonni hayratlantiradi. Tirband ro‘yxat va har kunlik ishlar miyani avtopilot rejimida ishlashga olib keladi. Biroq hayotiy haqiqatlar takrorlab turilishi zarur. Bu ro‘yxatni yaqin joyda saqlang va har safar rag‘bat zarur bo‘lganda uni o‘qing.
1. Bajarish amalga oshirish degani emas
Atrofdagi odamlarga nazar soling. Ular ish uyumi ostida qolib ketgan – bir uchrashuvdan ikkinchisiga qarab yuguradi. Aytingchi, ularning ko‘pchiligi haqiqatan ham muvaffaqiyatga erishib, ulkan marralarni zabt etdimi?
Serquvvatlik muvaffaqiyatga olib bormaydi. Aksincha, u muhim narsaga diqqatni qarata olish, vaqt samarali va foydali tarzda sarf etilayotganiga ishonch bildirishdadir.
Senga ham sutkada o‘zgalarga berilgani kabi bir xil vaqt ajratilgan – uni aql bilan sarfla.
Ish natijalari sarf etilgan mashaqqatlarga teng emas. Muhimi, kuch-quvvat natija keltiradigan vazifalarga yo‘naltirilishi kerak.
2. Ko‘pincha ulkan zafarlar muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi
Muvaffaqiyatsizlini qabul qilishni o‘rganmaguningcha haqiqiy muvaffaqiyat nima ekanligini bila olmaysan. Xatolar muvaffaqiyat tomon yo‘l hozirlaydi, noto‘g‘ri burilishga qarab yo‘nalganingda seni ogoh qiladi.
To‘g‘ri qaror kuch va ishonchingni yo‘qotganingda keladi. Bu holat esa seni o‘zgacha fikrlash, komfort zonasidan chiqish va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rishga majbur qiladi.
Muvaffaqiyat qat’iylik va shaxsiy fikrlarni himoya qila olish qobiliyatini talab etadi.
3. Qo‘rquv – achinishlarning asosiy manbai
Barchasi aytib, amalga oshirib bo‘lingach, sen o‘zingni oqlashni boshlaysan. Tavakkalchi bo‘lishdan cho‘chima.
Ko‘pincha odamlar: “Sen bilan eng yomon holatda nima sodir bo‘lar edi. Bu seni o‘ldiradimi?”, deb aytganlarini eshitib qolaman. O‘lim sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon narsadir. Tirikligingga qaramay, o‘zingni so‘ndirishga ruxsat berish bundan ham yomon. 
4. O‘zimizni mustaqil tarzda baholashimiz kerak
O‘zgalar bilan o‘zingni solishtirganda xursand bo‘lib, zavqqa to‘lsang, sen o‘z taqdiringning xo‘jayini emassan. Biroq qandaydir yaxshi narsani amalga oshirganda qoniqish hissini tuysang, o‘zgalar fikri va yutuqlari seni bu hisdan ayirishiga yo‘l qo‘yma.
Insonlar sen haqingda nima deb o‘ylashiga xotirjamlik bilan qaray olmasang, o‘zingni o‘zgalar bilan solishtirishni bas qil, begonaning fikriga ishonchsizlik bilan qarashni o‘rgan.
O‘zgalar nima deyishi va nimani amalga oshirishidan qat’i nazar sening shaxsiy bahoing faqat senga bog‘liq.
Muayyan vaqt mobaynida odamlar sen haqingda nima deb o‘ylashidan qat’i nazar bir narsa juda muhim: sen haqingda gapirganlari kabi yaxshi yoki yomon bo‘la olmaysan.
5. Atrofingdagilar qay darajada yaxshi bo‘lishsa, sen ham o‘sha darajada yaxshisan. 
Senga ishtiyoq bag‘ishlaydigan insonlar yoningda bo‘lishiga harakat qil. Ular senga yaxshi narsalarga qarab intilishingga yordam beradilar. Seni orqaga tortuvchi insonlar bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak? Nima uchun sen ularga hayotingning bir qismi bo‘lishlariga ruxsat berasan?
Seni foydasiz, behalovat inson sifatida his etish va vaqtingni behuda sarflaydiganlar senga ta’sir o‘tkazishi aniq. Hayot bundaylar bilan aloqada bo‘lish uchun juda qisqa. Ulardan ozod bo‘l.
6. Hayot qisqa
Hech kim ertaga nima sodir bo‘lishini bilmaydi. Bundan tashqari, kimdir kutilmaganda vafot etganida, hayotimizni tanqid bilan baholashni boshlaymiz: vaqtimizni qanday o‘tkazishimiz va o‘zgalar nisbatan munosabatlarimiz haqiqatan ham muhim sanaladi.
Yo‘qotish - hayotimizning naqadar nozikligini yodga soluvchi jarohatdir. Bu esa haqiqat.
Har kuni tongda uyg‘onganingda hayot buyuk in’om ekanligi va unga erishganing omading ekanligini o‘zingga eslat. Aynan shu tarzda yashashni boshlaginingda bu baxt ekanini his etasan va baxtli bo‘lasan.
7. Avf etish uchun kechirim so‘rash kerak emas
Hayot xafagarchiliklarni esdan chiqarganingda xotirjam tus oladi. Xafa qilgan insonlar kechirim so‘rashmagan bo‘lishsada, buni amalga oshir, ya’ni ularni kechir. O‘tmishdagi xafagarchiliklar bugungi kuningni buzishi mumkin. G‘azab va yoqtirmaslik hissi - hayotdan zavq olishga xalaqit beruvchi parazitlardir.
Salbiy hislar zo‘riqishlarga olib keladi, doimiy ravishda zo‘riqish esa sog‘liqqa ziyon yetkazadi.
Emori Universiteti tadqiqotchilari doimiy zo‘riqish qon bosimining ortishi va yurak-tomir kasalliklari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishini aniqladilar.
Kimnidir kechirganingda sen uning ishini ma’qulaganingni anglatmaydi, sen qurbon bo‘lishni bas qilganingdir.
8. O‘zing yaratgan hayotda yashaysan
Sen hodisalar qurboni emassan. Hech kim sening qadriyat va maqsadlaringga qarshi qaror qabul qilishga majbur eta olmaydi.
Bugun yashayotgan hodisalar – sen shaxsan o‘zing yaratgan vaziyatlardir. 
Shu kabi kelajaging ham faqat o‘zingagina tegishli. Agar qoniqmaslikni his etayotgan bo‘lsang, demak maqsadingni amalga oshirish yo‘lida tavakkalchilikni amalga oshirishdan cho‘chiyapsan.
Harakat qilish vaqti kelganida shuni yodingda tutginki, o‘zinga kerakli zinapoyaning quyida bo‘lish, keraksiz zinapoyaning yuqorisida bo‘lishga qaraganda yaxshiroqdir.
9. Bugungi kun bilan yasha
Bugungi kun bilan yashashni o‘rganmaguningcha, to‘liq salohiyatingni ko‘ra olmaysan. Aybdorlik hissi o‘tmishni o‘zgartira olmaydi, havotirlik hissi ham kelajakka ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Bugungi kun bilan yashash uchun ikki narsani amalga oshirish kerak:
O‘tmishni qabul qilish. O‘tmishing bilan bahamjihat bo‘lmasang, u seni qo‘yib yubormaydi yoki aksincha u senga kelajagingni qurishda yordamga kelishi mumkin.
Kelajakni qabul qilish ham muhimdir. Behalovatlilikka bu yerda o‘rin yo‘q. Mark Tven bu haqda shunday degan edi: “Behalovatlilik hali olinmagan qarzni o‘ylab havotirga tushishdir”.
10. O‘zgarishlar bo‘lishi aniq
O‘zgarishlarni qabul qilibgina ularda yaxshilikni ko‘ra olish mumkin. Qalbingni och, qaddingni g‘oz tut, o‘zgarishlar tufayli sodir bo‘ladigan imkoniyatlardan oqilona foydalan.
Bir narsani muntazam ravishda amalga oshirib, undan boshqacha natija kutish – ahmoqlikdir.
Hayot hech kim uchun to‘xtamaydi. Ishlaring yaxshi ketayotganida buni qadrla va zavq ol. Seni baxtli qiladigan ko‘proq narsani istayotgan bo‘lsang, aynan hozir sodir bo‘layotgan g‘aroyib onlardan to‘liq lazzat ololmaysan.

Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 6298 | Комментарии: 3 | Голосов:: 0| Теги:: haqiqat, xar kuni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Dilim [ Oymomo ] пишет: | 27.07.2015 | 21:36 #3
Muslima979797 :)
Like | 0
☆ Τhξ ☆ ξηd ☆ пишет: | 11.07.2015 | 03:50 #2 Спам
registon95 Togri maslaxat!
Like | 0
☆☆☆Farmasevt✮✮✮ пишет: | 08.07.2015 | 06:55 #1 Спам
★Dorishunos092★ qoyil
Like | 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 09:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Shahzoda - Kuyov va Kelinchak  
. Manzura - Mening Qalbim  
. Mavlyuda Asalxo'jayeva - Indama  
. Shoxruz (Abadiya) - I'm Fine  
. Botir Qodirov - Balle Balle  
. Nilufar Usmonova & Manolo Y Los Gipsy - Baila Soledad  
. Otabek Mutalxo'jayev - Digi Digi  
. Bayram Guruhi - Do'stim  
. Oybek va Nigora - Coza Sey  
. Manzura - Tingla Faryodim  
. Botir Qodirov - Ey quyosh  
. Farrux Hamroyev - Bir aldading  
. Botir Qodirov - Musofir  
. Madina Mumtoz - Sevishin Aytolmadi (Xorazmcha)  
. Alisher Fayz - Oshiq Moshiq  
. Shoxrux ft. Manzura - Qalbimga kir  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Lola (Rus Version)  
. Ilhom Farmonov - Sinchalak  
. Sherali Jo'rayev ft. Sevara Nazarxon - Kuygay  
. Sardor Mamadaliyev - Unutmoq Osonmas Sizlarni (Xotira)  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola