Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Hazrati Umar nega yig‘ladi?


Madinaga tijoratchilar karvoni keldi. Ularning ichida ayollar va bolalar ham bor edi.

Umar roziyallohu anhu Abdurahmon ibn Avfga: «Bu kecha ularga qo‘riqchilik qilasizmi?» dedilar. Kech kirdi. Alloh farz etgan namozlarini o‘qishdi. Shunda hazrati Umar bir go‘dakning yig‘isini eshitib, u tomon yurdilar. Uning onasiga: «Allohdan qo‘rq, bolangga yaxshi qara», deb o‘z o‘rinlariga qaytdilar. Ammo yig‘i ovozi yana qaytaladi. Yana: «Allohdan qo‘rq va bolangga yaxshi qara», dedilar-da joylariga qaytdilar. Tunning oxirida yana uning yig‘isini eshitdilar. Onasiga borib: «Hayf senga, yaxshi ona emas ekansan! O‘g‘lingga nima bo‘ldi, kechadan beri tinchimaydi?» dedilar. Onasi u kishini mo‘minlarning amiri ekanliklarini bilmay: «Ey Allohning bandasi, u kechadan beri meni bezor qilib yubordi, men uni ko‘krakdan chiqarishga majburlayman, u esa unamaydi», dedi.

Umar roziyallohu anhu: «Nima uchun?» deb so‘radilar.

U dedi: «Chunki Umar faqat ko‘krakdan chiqqan bolalargagina nafaqa belgilaydi (ya’ni farzandlari ko‘krakdan chiqqan otalargagina haq beradi).

Umar roziyallohu anhu: «Buning yoshi nechada?» dedilar.

U: «Mana shuncha oylik», deb aytdi.

Umar roziyallohu anhu esa: «Esiz, unaqa shoshmagin», dedilar-da, bomdod namozini o‘qidilar. Yig‘ining kuchliligidan qiroatlari odamlarga yaxshi eshitilmadi. Shunda salom berib dedilar: «Ey baxtsiz Umar, qancha musulmon farzandlari halok bo‘ldi...» So‘ng bir jarchiga: «Go‘daklaringizni ko‘krakdan chiqarishga shoshilmanglar. Biz Islomda tug‘ilgan har bir go‘dak uchun (haq) belgilaymiz», deb nido qilishga buyurdilar. Bu bilan hamma tomonga chopar yuborildi.

Abu Umar tayyorladi.



Manba:aniq.uz
Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 1872 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Hazrati Umar, nega yig‘ladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное